Ekologiyaning bo‗lim va tarmoqlari. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar,
biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining asosiy
tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun
umumiy ekologiya 4 bo‗limga bo‗lib o‗rganiladi:
1. Autekologiya; 2. Populyatsiyalar ekologiyasi; 3. Sinekologiya; 4. Biosfera. 1 .
Autekologiya (―autos‖– yunoncha so‗z bo‗lib, ―o‗zi‖ degan ma‘noni
bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o‗zaro munosabatini,
turlarning qanday muhitga ko‗proq va uzviy moslashganini o‗rganadi.
2 .
Populyatsiyalar ekologiyasi (―populyatsion‖– frantsuzcha so‗z bo‗lib, ―aholi‖ degan ma‘noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma‘lum
sharoitda turli organizmlar sonining o‗zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini
tekshiradi.
3. Sinekologiya (―sin‖– yunoncha so‗z bo‗lib, ―birgalikda‖ degan ma‘noni
bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‗simliklar va hayvonot
turlarining o‗zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini
o‗rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha ―bios‖–hayot, ―sfera‖–shar) haqidagi ta‘limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda
tarqalgan organizmlar, ya‘ni
Yer qobig‘idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi . Ushbu ta‘limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy
(1863-1945) hisoblanadi.
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta‘siri tufayli
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o‗zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy
ekologiya, iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish
ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va hokazolar) vujudga keldi. Lekin ekologiya
fanini o‗rganmasdan, sanoat ekologiyasini o‗rganib bo‗lmaydi.