Energetika sanoati va atrof muhit



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü25,55 Kb.
#190886
  1   2   3   4   5   6   7   8
energetika sanoati va atrof muhit

Andijon mashinasozlik instituti “Transport va logistika” fakulteti “MMvaTX” yo’nalishi 4-kurs K31-20-guruh talabasi Mahmudjonov Davronning “Muhandislik ekologiyasi” fanidan qayta o’zlashtirish

Energetika sanoati va atrof muhit

Reja:

  • 1. Energetika va energotashuvchilar haqida
  • 2. Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri.
  • 3. Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri
  • 4. Atom elektr stansiyalarining ekologik ustivorligi.
  • 5. Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari

Energetika va energotashuvchilar haqida

  • Energetika - bu energotashuvchilar quvvatidan foydalanib enegoresurslarni ishlab chiqarish, ularni o`zgarish, saqlash va ulardan foydalanish. Energoresurslarga sanoatda, transportda va elektr stansiyalarida hosil qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi.
  • Elektr energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo`lib, hozirgi kunda sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va kundalik turmushimizni elektr quvvatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sivilizasiya yuqorilab borayotgan, sanoat va transport rivojlanayotgan, Er yuzida demografik o`sish davom etayotgan sharoitda elektr energiyasiga bo`lgan talab benihoya tez sur’atlar bilan oshib borayapti. Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga oshayotgan bo`lsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-15 yil kifoya. Bunday talabning kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa o`z navbatida hozirgi zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko`mir, mazut, tabiiy gaz kabi organik yoqilg`ilarning sarfini yanada ko`paytirish, ularning zahiralarini kambag`allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvati ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organik yoqilg`ilar bo`lib, dunyo bo`yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy qismi (59%) shu yoqilg`ilarni issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr quvvati (23%) suv oqimi hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro zaryadi (17%) hisobiga atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda.

Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin