Energetika sanoati va atrof muhit


Tabiiyki, atom energetikasining tashqi muhitga salbiy ta’siri ham bor. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü25,55 Kb.
#190886
1   2   3   4   5   6   7   8
energetika sanoati va atrof muhit

Tabiiyki, atom energetikasining tashqi muhitga salbiy ta’siri ham bor. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin:

  • Tabiiyki, atom energetikasining tashqi muhitga salbiy ta’siri ham bor. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin:
  •  1. yadro reaksiyasi davomida reaktordagi yadro yonilg`isining atigi 0,5 – 1,5% yonib ulguradi, qolgani esa radioaktiv chiqindi sifatida muhitga chiqariladi. Quvvati 1000 MVt bo`lgan reaktordan yilida 60 t. chiqindi chiqadi (qiyoslash maqsadida shu aytish kerakki, 1945 yil AQSH tomonidan Xirosimaga tashlangan atom bombasida atigi 740 gr. radioaktiv mahsulot bo`lgan). Bu chiqindilarning bir qismi qayta ishlab zararlantiriladi, ammo qolgani belgilangan tartibda ko`mishni talab qiladi. Ko`mish jarayoni esa ancha murakkab va serxarajat hisoblanadi
  • 2. AES o`zining foydalanish muddatini o`tab bo`lgach, belgilangan tartibda tugatiladi. Uning tugatilishi serxarajat jarayon bo`lib, xarajatlar miqdori stansiya umumiy qiymatining 17-33 % ga teng
  • 3. AES reaktorlarini sovutishda boshqa turdagi stansiyalarga ko`ra suv ko`p sarflanadi va ularning chiqqan yuqori haroratli suv gidrosferani termal ifloslashi mumkin. Masalan, 1 mln. KVt elektr quvvati ishlab chiqarishda IES lardan muhitga 1,5 km3 issiq suv chiqsa, AES lardan esa 3-3,5 km3 gacha issiq suv chiqadi. Bunday termal suvlar daryolarga tashlanganda suvning harorati ko`tarilishidan unda kislorod etishmasligi kelib chiqib, ko`pchilik gidrobiontlar uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga keladi. Buning oldini olish maqsadida AES dan chiqqan issiq suvni sovutish uchun maxsus hovuzlar quriladi. Masalan 1000 MVt quvvatli elektr stansiyasi suvini sovutish uchun maydoni 800 – 900 ga bo`lgan hovuz quriladi. Bunda, bir tomondan hovuz qurilishi uchun unumdor er sarflansa, ikkinchi tomondan hovuzning mavjudligi atrof erlarining meliorativ holatini yomonlashtiradi.

Ammo, yuqorida keltirilgan kamchiliklaridan qat’iy nazar, AES lar hozirgi zamon elektroenergetikasida ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan etakchi o`rinni egallaydi. Atom energetikasining kelajagi porloq ekanligini quyidagilarda ko`rish mumkin:

  • Ammo, yuqorida keltirilgan kamchiliklaridan qat’iy nazar, AES lar hozirgi zamon elektroenergetikasida ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan etakchi o`rinni egallaydi. Atom energetikasining kelajagi porloq ekanligini quyidagilarda ko`rish mumkin:
  •  1. uning atrof muhitga salbiy ta’siri boshqa turdagi stansiyalarga nisbatan juda ham kam;
  • 2. yadro yoqilg`isining zahiralari amalda bitmas-tuganmasdir. Atom elektr stansiyalarida juda oz miqdordagi yoqilg`i evaziga katta miqdorda elektr quvvati olish mumkin. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida 1000t. ko`mirni yondirib olinadigan elektr quvvati atom stansiyalarida 0,5 kg. yadro yoqilg`isidan olinadi;
  • 3. AES qurilishida energiya tashuvchilar (organik yoqilg`i va suv) zaxiralarining joylashish o`rinlariga e’tibor bermay, stansiyani inson o`zi uchun qulay bo`lgan xohlagan eriga qurishi mumkin. Chunki atom stansiyalari uchun katta miqdorda yoqilg`i va uni tashish uchun ko`p xarajat talab qilinmaydi;
  • 4. AES lardan chiqadigan radioaktiv chiqindilar, odatda, belgilangan tartibda zararsizlantiriladi va standart belgilari bo`yicha ko`miladi. Stansiya bloklaridan atmosferaga biror xildagi zararli tashlama gaz chiqmaydi. AES larning xavfsiz ishlashi ustidan jiddiy nazorat o`rnatilgan. Shuning uchun ham bunday korxonada ishlovchilarda kasallanish darajasi IES lardagiga qaraganda, odatda, 5-7 marta kam bo`ladi. Shuning uchun ham AES lar haqli ravishda ekologik toza elektroenergiya manbai deb tan olingan.

Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin