Hozirgi vaqtda Er yuzida ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining 23 % gidroelektrostansiyalar hissasiga to`g`ri keladi. Suv resurslarining turli mintaqalarda turlicha joylashishiga ko`ra qurg`oqchil mamlakatlarda energetikaning bu sohasi rivojlanmagan. Rossiyada 20 % dan ko`proq elektr quvvati GES larda olinadi. O`zbekistonda esa bu ko`rsatkich 8,5 – 13 % (4,0 – 6,5 mlrd. KVt/s).
Gidroenergetika - energetika sohasida nisbatan ekologik xavfsiz va toza hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta’siri sezilarli darajada. Gidroelektrostansiyaning turbinalarini harakatga keltiruvchi kuch – bu suv oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari qurish va ularda suv to`plashni taqozo qiladi.
Suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri nimada? Birinchidan, tekislik maydonlarda quriladigan suv omborlari yuzlab, minglab gektar unumdor erlarni egallaydi. Ikkinchidan, suv omborlari o`zlarining atrofidagi hududlardagi er osti suvlari sathining ko`tarilishiga, shu asnoda ekinzorlarning meliorativ holati yomonlashib, ikkilamchi sho`rlanish jarayonini keltirib chiqarishga sabab bo`ladi. Uchinchidan, suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi punktlari va muhandislik kommunikasiyalari suv toshqini xavfidan holi bo`lmaydi. Toshkent viloyati /azalkent shahrining yuqorisida qurilgan Chorvoq suv ombori Chirchiq daryosi vohasida joylashgan /azalkent, Chirchiq va Toshkent shaharlari uchun suv bosish xavfini tug`diradi. Tog`li hududlarda qurilgan suv omborlarining xavfi ancha kuchli bo`ladi. Ular er silkinishi va ko`chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari er ostidagi tektonik harakatlar natijasida bunday joylarda to`g`onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo`ladi. 1960 yilda Hindistonda suv ombori to`g`onining buzilishi 15 ming kishining halok bo`lishiga sabab bo`ldi. Suv omborlari qurilishi daryo oqimi yo`liga g`ov quyish bilan bajariladi. Bunda suv oqimi tranzit tizimdan tranzit akkumulyativ tizimga o`tadi, ya’ni suvda oqib kelayotgan biogen moddalar, kimyoviy zaharlar, og`ir metallar va radioaktiv moddalar to`g`onlarda qisman ushlab qolinadi va to`planadi.