Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari atmosfera havosiga ham ta’sir qiladi. Bunday joylarda suvning bug`lanib turishidan o`ziga xos mikroiqlim hosil bo`ladi - havoning harorati boshqa erlarga ko`ra odatda past bo`ladi, tumanli kunlar nisbatan ko`p bo`lib, quyosh radiasiyasi kamayadi, suv ombori va atrofdagi quruqlik er orasida issiqlik balansi o`zgarishidan shamolli kunlar ko`payadi. Buning oqibati dehqonchilikka ham ta’sir ko`rsatadi.

Yuqorida keltirilgan salbiy ta’sir holatlari ekotizmlarda o`z aksini topadi. Suv omborining tashkil qilinishi mahalliy joyning ekotizimlarini tubdan o`zgartirib yuboradi, to`g`onlarda to`plangan zararli moddalar esa ko`pgina suv organizmlari uchun ekologik vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra kelajakda jahon energobalansida gidroelektrostansiyalar ulushini 5 % dan oshirilmaslik ko`zda tutilmoqda.
Atom energetikasi istiqbolli soha hisoblanib hozirgi kunda elektr quvvati ishlab chiqarish bo`yicha issiqlik energetikasidan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bu soha jahonga 17% elektr quvvatini etkazib beradi. Bu ko`rsatkich Fransiyada 74%, Belgiyada 61% va Shvesiyada 45% ni tashkil etadi. Bu davlatlar yadro quvvatidan elektroenergetikada foydalanish bo`yicha etakchi o`rinni egallaydi. O`tgan asrning 60-80 yillarida atom energetikasi juda tez suratlar bilan rivojlandi. Ammo 1886 yilning 26 aprelida sodir bo`lgan jahonni larzaga soluvchi Chirnobil AES i avariyasidan keyin bu sohaning rivojlanish ma’lum muddat orqaga ketdi. Bu davrda Shvesiya, Italiya, Braziliya va Meksika davlatlari atom elektrostansiyalari qurilishini butunlay to`xtatib qo`ydilar. Ammo yadro quvvatsiz energetika rivojini amalga oshirib bo`lmasligini hisobga olib, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va foydalanilayotgan AES larda xavfsizlik choralari kuchaytirildi va elektrostansiyalarining qurib ishga tushirilishi ham tezlashtirildi. hozirgi kunda dunyoda 500 dan ortiq atom reaktorlari harakatda bo`lib, 100 ta reaktorning qurilishi davom etmoqda.