Toshkent 2020 yil


Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar
. Bu guruhga Orol dengizining 
qurib borishi, Arnasoy ko‗llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko‗li 
muammosi va boshqalar misol bo‗la oladi. 
Mahalliy (lokal) ekologik muammolar
. Bu guruhga sanoat korxonalari 
joylashgan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) 
tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar
pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan bog‘liq agrosanoat 
ekologik muammolari misol bo‗la oladi. 
____________________________________________________________ 
Orol dengizining qurigan tubidan chuchuk suv topildi. 
 
 
2019 yilning 26 yanvar kuni Mo‗ynoqdan 200, Nukusdan 400 km olisda, 
Vozrojdenie orolining Shag‘ala deb nomlanuvchi joyida, ya‘ni Orol dengizining 
qurigan tubidan chuchuk suv topildi.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
25 
Suv ko‗zining topilishi munosabati bilan tantanali marosim o‗tkazildi. Unga 
qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‗ynoqliklar hamda Orolning qurigan tubida 
mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashdi.
Ushbu chuchuk suv Janubiy Orololdi artezian basseynining Bor davri 
yotqiziqlaridan, ya‘ni 260-280 metr chuqurlikdan topildi. Suv sarfi sekundiga 7 
litrni tashkil qilayotgan bu suvning minerallashuvi 3 g, qattiqligi 6 mg 
ekvivalentga teng. —Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari Chimboy, 
Taxtako‗pir, Qorao‗zak tumanlari hududlarini qamrab oladi. Foydalanishga yaroqli 
bunday suv ko‗zlari ushbu tumanlarda ham topilgan, — deydi Orolbo‗yi dala 
gidrogeologik ekspeditsiyasi boshlig‘i Shavkat Olimov. — Janubiy Orololdi 
artezian basseyni yer osti suvlarini maxsus uskunalar yordamida chuchuklashtirib, 
ichimlik suvi sifatida foydalansa ham bo‗ladi. Hozirgi kunda Chimboy, Qorao‗zak, 
Taxtako‗pir tumanlarida shunday uskunalar yordamida aholi suvni iste‘mol qilib 
kelmoqda. 4-5 ta yarusdan tashkil topgan Bor davri yotqiziqlarining pastki 
qatlamlaridagi janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari termal va 
minerallashgan bo‗lib, shifobaxsh xususiyat kasb etadi. Bu kabi 47-50
0
issiqlikdagi 
suvlar Qozoqdaryo, Qorao‗zak, Chimboy hududlarida mavjud. —Chuchuk suv 
ko‗zlarining ochilishi Mo‗ynoqda chorvachilik sohasini rivojlantirishga asos 
bo‗ladi, — deydi Mo‗ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. — Shuningdek, 
ekologik vaziyat yaxshilanadi. Qushlar, yovvoyi hayvonlar keladi. Biohilmahillik 
rivojlanadi. Orolbo‗yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi tomonidan joriy yilda 
Mo‗ynoq tumanida, ya‘ni Vozrojdenie oroli, Surgil, Axantay hududlarida shu kabi 
40 ta suv ko‗zlarini ochish rejalashtirilgan. Bu birinchisi bo‗lib, suv ko‗zlarining 
ochilishi 
Qoraqalpog‘istonning 
shimoliy 
tumanlarida 
chorvachilikni 
rivojlantirishga zamin yaratadi. 
(Interfaol TT: grafik organayzerlardan biri 
qo‗llanilsin
9
)). 
Shuningdek, 2021-2023 yillarda Janubiy Orolning qurib qolgan qismini 
geologik jihatdan o‗rganish ishlari olib borilishi ham alohida dastur sifatida qabul 
qilingan. 
O‗zA xabari
10


Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin