Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
51
Bundan tashqari, hadislar ilmi bilan shug‘ullangan mashhur markaziy
Osiyolik allomalar Abu Abdulloh, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu
Muhammad Abdullox ibn Abu ar-Raxmon ad Daramiy as-Samarqandiylar hadis
ilmining asrdan-asrga saqlanib borishga ulkan hissa qo‗shgan buyuk tarixiy
shaxslar hisoblanadilar.
Dono xalqimiz qadim zamonlardan ―badanning quvvati – ovqat, aqlning
quvvati–hikmatli so‗zdir‖, deb uqtirib kelgan. Hadislar mana shunday hikmatli
so‗zlar va donishmandlik durdonalari hisoblanadi.
Shuningdek, Hadis bandlari, ekologik ta‘lim va tarbiyani singdirishga katta
yordam beradi. Ularda ayrim o‗simliklar va hayvonot turlarining xossalari,
ozuqada tutgan o‗rni va inson faoliyatidagi ahamiyati haqida nihoyatda qimmatli
fikrlar bayon etilgan. Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-
tergashga va ularni muhofaza qilishga o‗rgatadi. Masalan, hadislarda ―qo‗y boq,
zero ayni barakadur‖ deyiladi. Demak, bu erda foydali hayvonlar populyatsiyasini
ko‗paytirish va ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi alohida ta‘kidlab
o‗tilgan.
Hadislarda ba‘zi yosh hayvonot turlarini qurbonlik qilmaslik, ya‘ni yosh
populyatsiyaning miqdorini saqlab qolish, voyaga etgandan keyin undan samarali
foydalanish, Shuningdek, bahor paytida ularning ko‗payishini nazarda tutib, aynan
mana shu oylarda qurbonlik qilmaslikka alohida to‗xtalib o‗tilgan.
Dostları ilə paylaş: