Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
285
imzo oldiga maxsus belgi qo‗yib, topshirilishi kerak.
Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar va ular yuzasidan bildirilgan fikr
va mulohazalar ifodalanishi kerak.
Yakuniy xulosa loyihasini muhokama qilishga ekspert komissiyasi (guruhi)
dan tashqari, buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi hamda loyihani amalga
joriy etadigan manfaatdor tashkilotlar vakillari taklif qilinadi.
XVIII.7. O‗zbekiston Respublikasi hududida ekologik vaziyatni
kompleks baholash:
O‗zbekiston Respublikasi hududidagi ekologik vaziyat
turg‘un bo‗lmay, mintaqalar bo‗yicha farqlanishini va o‗zgarishlarga
beriluvchanligi, bu o‗zgarishlar ko‗p tomondan atrof tabiiy muhitga bo‗layotgan
antropogen ta‘sirga bog‘liqligini hisobga olib, monitoring ma‘lumotlari asosida
atrof tabiiy muhitni kompleks baholash zarurati vujudga keladi.
Bunday baholashga, yondashuvlardan biri–Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‗mitasi tomonidan (1998 yilda) ishlab chiqilgan O‗zbekiston Respublikasi
hududini ekologik rayonlashtirish– kompleks ekologik baholashni o‗tkazish
uslubiyatidan foydalanish hisoblanadi. Uslubiyatga muvofiq har bir hududiy
birlikni baholash uchun atrof tabiiy muhit holatini, aholi yashash sharoitlarini,
asosiy tabiiy resurslardan foydalanish xususiyatlarini baholash imkonini
beradigan asosiy indikatorlar minimal ehtimoliy to‗plami qo‗llaniladi. Bunda
asosiy talab–barcha ekologik indikatorlar bo‗yicha kuzatuvlar butun mamlakat
hududida yagona tizim bo‗yicha tizimli amalga oshirilishi shart.
Dostları ilə paylaş: