Ekologik kulfat va favqulodda ekologik vaziyatli zonalarga quyidagilar xos: yer usti va yer osti suvlari ifloslanishining yuqori darajasi, ya‘ni talab etilgan
me‘yorlardan 1,5-2 baravar ortiq, suv ostida qolgan sug‘oriladigan yerlarning
katta solishtirma og‘irligi (>40%), tuproqlar sifatining pastligi (38 ball),
sug‘oriladigan yerlar sho‗rlanishining yuqori surhati (o‗rtacha va kuchli
sho‗rlangan yerlar maydoni 2-3 baravar ko‗paydi), iste‘mol suvi sifatining DST
talablariga deyarli to‗liq (80 foizga) mos emasligi, oqibatda umumiy, bolalar
kasallanishi va go‗daklar o‗limining eng yuqori darajasi, ya‘ni belgilangan
me‘yorlardan 1,5-2 baravar ortiqligi.
XVIII.7.2. Ekologik kulfat va favqulodda ekologik vaziyatli zonalar: Bu zonalarda barcha ekologik indikatorlarning 70 foizdan ortig‘ining
ko‗rsatkichlari ekologik me‘yorlar va talablardan yuqoridir. Favqulodda ekologik
vaziyatli zonadan ekologik kulfatli zonaning farqi, ekologik indikatorlar
me‘yorlarga yanada ko‗proq muvofiq kelmasligida ko‗rinadi.
Kritik ekologik vaziyatli zonada ekologik
indikatorlar
bo‗yicha
ko‗rsatkichlarning qariyb 50% i ekologik talab va me‘yorlarga javob bermaydi.
Indikatorlarning me‘yorlarga muvofiq emasligi darajasi bu yerda pastroq,
lekin alohida indikatorlar bo‗yicha hatto favqulodda ekologik vaziyatli zonalarga
nisbatan ham yuqoridir. Masalan, Shumanay tumanida so‗nggi yillarda o‗rtacha va
kuchli sho‗rlangan yerlar maydoni 6 baravar ko‗paydi. Xorazm viloyatida ekologik
kulfat zonasi yo‗q, qulay ekologik zonalar (Do‗stlik sh.) hududning taxminan 6
foizini tashkil qiladi, xolos, bu yerda viloyat aholisining atigi 3% yashaydi
79
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish
bo‗yicha harakatlar strategiyasi toʹgrisida‖gi PF-4947-sonli farmonida belgilangan vazifalarning
ijrosini taʹminlash maqsadida, ―O‗zbekiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini kompleks o‗rganish natijalari boʹyicha YIGʹMA TAHLILIY MATERIAL‖
Toshkent-2017 yil.