Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
287
Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini
yuksaltirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017
yil 17 yanvardagi ―Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy–iqtisodiy
rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‗shimcha
chora–tadbirlar dasturi to‗g‘risida‖gi VMQ 15-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga
muvofiq dasturni amalga oshirish uchun 2017-2021 yillarda 124 mln.doll. hamda
321,7 mlrd. so‗m sarflanishi ko‗zda tutilgan
79
.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qulay ekologik vaziyatli zonalar umuman
yo‗q. Kritik ekologik vaziyatli zonada 22 ma‘muriy tumandan atigi ikkitasi
(Bozatsu va Shumanay tumanlari) joylashgan, bu erda respublika aholisining atigi
4 foizi yashaydi, bitta tuman- 27,8 ming kishi yashaydigan Mo‗ynoq ekologik
kulfat (falokatlar) zonasiga kiritilgan.
Qolgan hudud favqulodda ekologik vaziyatli zonada joylashgan (quyidagi
XVIII.7.1-jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: