Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Tahlilning test usuli
–bu moddalarni aniqlashning ekspress, oddiy va arzon 
yo‗llari bo‗lib, odatda namuna tayyorlash, murakkab asboblardan foydalanish, 
asosiysi – xodimlarni o‗qitishni talab qilmaydi. 
Shunday sohalar ham borki, unda test-usullar anchadan beri qo‗llaniladi, 
bular, masalan, klinik tahlil, jangovar zaharlovchi moddalarni va narkotiklarni 
aniqlash, ishchi zona havosida va sanoat chiqindilarida zararli moddalarni 
aniqlashdir. Ayni paytda bu usullar ekologik tahlillarda borgan sari katta ahamiyat 
kasb etmoqda. Kimyoviy test-usullar bilan bir qatorda, (bularga ferment usullar 
ham kiradi), immunotestlar, shuningdek, biotestlar guruhi ham mavjud bo‗lib, ular 
tirik organizmlar, ayniqsa mikroorganizmlar, alohida a‘zolar yoki to‗qimalardan 
foydalanishga asoslangan. Aksariyat kimyoviy test-usullarning umumiy ishlash 
printsipi – vizual va oson o‗lchanadigan sharoitda va shaklda ma‘lum bo‗lgan 
analitik reaktsiyalar va reagentlardan foydalanishdir. Ko‗pincha bu – qog‘ozni 
rangga kirishining jadalligi va rangi yoki indikator trubkaning rangga kirgan qismi 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
175 
uzunligi bilan aniqlanadi. Hammaga ma‘lum pH miqdorini o‗lchashda 
ishlatiladigan lakmus qog‘oz yoki havoda alkogol bug‘larini aniqlaydigan 
naychalarni misol qilish mumkin. Ayni paytda test usullar atrof-muhit ob‘ektlarida 
ifloslantiruvchi moddalar miqdorini sanitar-kimyoviy (ekologik) nazorat qilishning 
an‘anaviy usullarining o‗rnini bosa olmaydi. 
Ayniqsa bu havo, suv, tuproqdagi ko‗p miqdorda va turli sinflarga tegishli 
zaharli birikmalardan tashkil topgan murakkab aralashmalarni tahlil qilishga 
tegishli bo‗lib, bunda bir xil va bir-biriga o‗xshash kimyoviy birikmalarning katta 
miqdori 
ichidan 
ko‗proq 
zaharli 
bo‗lgan 
moddalarning 
chegaraviy 
kontsentratsiyasini aniqlash talab etiladi (masalan, politsiklik aromatik birikmalar, 
dioksinlar va boshqa nihoyatda zaharli toksik moddalar). 
Lekin shunga qaramay test-usullarni yanada takomillashtirish selektiv 
analitik uslubiyatlarning paydo bo‗lishiga olib kelishi mumkin-ki, ular yordamida 
katta mehnat sarf qilmasdan turli muhitlarning har qanday ifloslanishini, 
aralashmalarning tarkibi qanchalik murakkab bo‗lishiga qaramay aniqlashni va 
ruxsat etilgan tashlanmalar me‘yori (RETM)ni hisoblash imkonini beradi. Lekin bu 
ekologik analitik kimyoning istiqboliga tegishli. 
_________________________________________________________________

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin