Toshkent 2020 yil


VIII.7. Korxonalarni RETMini hisoblash



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

VIII.7. Korxonalarni RETMini hisoblash.
Ekologik tahlillar, odatda, 
zamonaviy analitik asboblar bilan jihozlangan va malakali xodimlar ishlaydigan 
kimyoviy laboratoriyalarda bajariladi (havo namunalari o‗sha erga etkaziladi). Bu 
hol o‗zini oqlaydi, chunki ekoanalitika murakkab tarkibli namunalarni tekshiradi, 
ularda turli tabiatga ega o‗nlab va yuzlab ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‗ladi. 
Ularni namunalarda identifikatsiyalashtirish va miqdoriy aniqlash – murakkab va 
katta mehnat talab qiladigan jarayondir. 
Ammo so‗nggi paytlarda ahvol birmuncha o‗zgarmoqda – kimyoviy tahlil 
asta-sekin laboratoriyalardan tekshiriladigan ob‘ekt joylashgan yerga ko‗chib 
o‗tmoqda. Bu, masalan, texnologik jaravonlarni ekspress nazorat qilish, ko‗mir 
konlari havosida metan miqdorini nazorat qilish, avtomobildan chiqadigan 
gazlarda CO ni aniqlash, stratosferada ozon miqdorini aniqlash, kosmik 
tadqiqotlar, zaharlovchi moddalarni aniqlash, suvni (jumladan ichimlik suvini) 
tezkor tahlil qilish, shuningdek, sanoat korxonalarining ishchi zonalarida zaharli va 
portlovchi moddalarni aniqlashdir. 
Dala tekshiruvlari ko‗chma laboratoriyalarda – avtomobillarda, qayiqlarda, 
samolyotlarda va hokazolarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda oddiy 
laboratoriya asboblaridan foydalaniladi. Aksariyat hollarda ular tebranishlarga va 
changga nisbatan barqaror ishlanadi, elektr ta‘minoti tarmoqdan emas, 
akkumulator yoki batareyalardan olinadi, lekin umuman olganda – bular odatdagi 
laboratoriya uskunalarining o‗zginasi bo‗ladi. 
Avtomobillarga o‗rnatilgan bunday laboratoriyalarni hozirgi kunda faqat 
xorijiy firmalar ishlab chiqarmoqdalar, ular ichida – ―Ximavtomatika‖ ilmiy-ishlab 
chiqarish birlashmasi (Moskva), dengiz suvida neft mahsulotlarini aniqlash uchun 
qayiq namunasi (Sankt-Peterburgda) yaratildi. Samolyotdagi laboratoriyada asosan 
aerozollar tekshiriladi, bu Moskvadagi konversion firmalarning birida tashkil 
etilgan. 
―Ekomobil‖ laboratoriyasi (Moskva) yuk avtomobilining shassisiga montaj 
qilingan bo‗lib, u yerda bir nechta analitik jamlamalar o‗rnatiladi: 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
174 
-komp‘yuter–xromatografik tizim ―ILAN-KX‖ - havoda va suvda organik 
birikmalarni aniqlash uchun; 
-ionli–xromatografik kompleks ―ILAN-IX‖ - ishchi zonadagi suvda va 
havoda, atmosferada va sanoat chiqindilarida anorganik ionlar miqdorini aniqlash 
uchun; 
-rentgen–flyurotsentr kompleks ―ILAN-RF‖ – suvda og‘ir metallar 
miqdorini aniqlash uchun; 
-―EKO‖ asbobi negizida spektrofotometrik va spektro-lyuminessent 
kompleks ―ILAN-SL‖ –ichimlik, oqava va tabiiy suvlarda og‘ir metallarni. 
shuningdek, ishchi zona havosida anorganik gazlar va formalьdegidni aniqlash 
uchun, xizmat qiladi. 
Laboratoriyalardan tashqaridagi tahlillar portativ analitik asboblarda 
(batareyalardan quvvat olib) bajarilishi mumkin.
So‗nggi paytlarda ko‗chiriladigan ko‗p funktsional uskunalar (masalan, 
xromatograflar) ishlab chiqarila boshlandi. YAqinda mutlaqo istiqbolli yo‗nalish 
paydo bo‗ldi – mikroelektron tipdagi ko‗p funktsional asboblar (mikro- asboblar) 
yaratildi. Bunday asboblarga gazli xromatografiya, capilyar elektroforez, oqava-
infektsion tahlil uchun ta‘rif berilgan dala tahlillari uchun kimyoviy sensorlar 
tizimidan ham foydalaniladi. Bular kichik o‗lchamli datchiklar bo‗lib, 
tekshirilayotgan suvga joylashtiriladi. 
Datchik muntazam va tiklab bo‗lmaydigan tarzda muhitning qaysidir 
komponenti miqdorini qayd qiladi – xuddi gigrometr uzluksiz namlikni, termometr 
esa haroratni qayd qilganidek. Kimyoviy sensorlar laboratoriyadan tashqari 
diagnostika, nazorat va boshqarish tizimlari, masalan, kimyoviy reaktorlaming 
ta‘sirchan qismlari sifatida istiqbolga egadir. Hozirgi kunda, shunga o‗xshash 
tizimlar kosmik kemalarda ham bor. 
Laboratoriyadan tashqari keng ko‗lamli nazorat masalasini oddiy ijrochi 
darajasida hal qiluvchi yana bir guruh vositalar ham bor. Gap bu yerda tahlilning 
test usuli haqida bormoqda.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin