Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
251
XVI Bob. Sanoat tarmoqlaridagi ekologik muammolar
XVI.1. Sanoat korxonalarini tashqi muhitga ta‘siri.
Odamzot o'zi
yashayotgan tabiatga zarar keltirmay yashasa, tabiatda muvozanatlar uzoq vaqt
yaxshi holatda saqlanib qoladi. Afsuski, Dunyo aholisining sonini ko'payib borishi
natijasida tabiatga ham shuncha ozor yetkazilmoqda. Inson ehtiyojlari ortib borar
ekan, har bir mamlakat o‗zining ishlab chiqarish jarayonini kuchaytirib – ko‗plab
mahsulotlarni yaratishga xarakat qiladi, xomashyoni qayta ishlaydi va ko'plab
yoqilg'ilarni yoqishga majbur bo'ladi. Tabiiyki, ushbu jarayonlar natijasida tabiatga
katta zarar yetkaziladi.
Agar inson tabiatdan foydalanish jarayonida, uning qonun va qonuniyatlarini
to‗la hisobga olib, boyliklaridan oqilona foydalanishga harakat qilsa, tabiatga
yetkazilayotgan zararni kamaytirish mumkin.
Tabiatdan oqilona foydalanishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
-Ishlab
chiqarishdagi
zararli
tarmoqlarni
ekologik
jihatdan
mukammallashtirish (ekologizatsiyalash);
-Kam chiqindili va chiqindisiz ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishga
erishish;
-Havoga, suvga va tuproqqa tashlanadigan chiqindilarni to'liq tozalashga
yerishish.
Texnologik
jarayonlarni
takomillashtirish
bir
qancha
hususiyatlarni o'z ichiga oladi:
-Tabiiy va enyergetika zahiralaridan to'liq foydalanish. Ma'lumki
ko‗plab davlatlar kabi, O‗zbekistonda xam, yoqilg'i-enyergetika zahiralaridan
to'liq' foydalanilmaydi. Qazib olish va foydalanish jarayonida xom-ashyoning ko'p
qismi
bexudaga
tozalanilmay
atmosferaga
yoki
tuproqqa
tushib
ketadi (masalan, neftni qayta ishlashda uning tarkibidan oltingugurt sof
holda bo'lib, undan zarur sohalarda foydalanish mumkin).
-Ishlab
chiqarishda
chiqindisiz
va
kam
chiqindili
texnologik
jarayonlarni
mukammallashtirish,
atmosferani
ifloslanishidan
va
shuningdek, atrof muhitni qisman bo'lsa ham toza saqlashga erishilshi mumkin.
-Texnologik jarayonlarning mukammalashuvi bir necha bosqichdagi
ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini beradi, shu vaqt,
yoqilg'i, ishchi kuchi
tejalib, atrof-muhitga zararli gazlar kam tashlanadi.
Masalan,
benzin
olishda
bir
necha
jarayonni
bir
martada
bajarish
natijasida, xom-ashyo tejalib, ekologik xolat yaxshilanadi.
-Sanoatda
po'lat
quyishda ishlarning uzluksiz jarayonini tashkil qilish
natijasida, xom-ashyo va issiqlik 30 % ga tejaladi. Ma'iumki pechlarni
isitib olish uchun katta miqdorda yoqilg'i sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: