Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
257
1.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga
qaratilgan ikki tomonlama va ko‗p tomonlama shartnoma va konventsiyalar;
2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.
Turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish
sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konventsiyalar keng
qo‗llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning
birinchi yarmida hayvonot
dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‗nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa
ko‗chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e‘tibor berilgan.
Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini
ovlashni tartibga solish
xaqida 70 dan ortiq shartnomalar, konventsiyalar mavjud.
Kitlarni ovlashni
cheklashga oid birinchi xalqaro konventsiya 1931-yilda tuzilib, unda Anktarktida
atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‗rsatilgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300
ga yaqin turli shartnoma va konventsiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili
Moskvada
tuzilgan atmosfera, suv osti va kosmik fazoda,
yadro sinovlarini
ta‘qiqlash xaqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
1973 yilda
nodir hayvon va o‗simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash
to‗g‘risidagi (SITES) xalqaro konventsiya tuzildi.
1972 yili Stokgolmda
atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha o‗tkazilgan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning I-Umumjahon konferentsiyasida
5-iyun
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni
-deb e‘lon qilingan.
Dostları ilə paylaş: