Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
275
muammoni hal etish nafaqat mutahasislarni balki, keng jamoatchilikning
vazifasi
ekanligini unutmaslik kerak.
Mazkur masala bo‗yicha samarali bahs-munozaralar olib borish va ta‘sirchan
chora-tadbirlar ishlab chiqishning eng zaruriy sharti: Atmosfera havosi, suv va
tuproqdagi maishiy, transport yoki sanoat
chiqindilarining turi va
kontsentratsiyalarini aniq bilishdir.
Inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta‘siri (antropoten omil) borgan sari
kuchayib borayotganligini e‘tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish
zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar tabiiy
atrof-muhitda yuz berayotgan o‗zgarishlarni baholash
va tegishli xulosalar
chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: