Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
33
bir-biriga ta‘siri. Bunga o‗simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik,
epifitlik ta‘siri kiradi. Bulardan tashqari, o‗simliklarning bilvosita ta‘siri (yashash
muhitini o‗zgartirish yo‗li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning
o‗tlarga soya tushirishi va boshqalar.
Zoogen
– hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa
mexanik ta‘sirlar, changlatish, meva va urug‘larning tarqatilishi, muhitga
ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar.
Mikrobiogen va mikrogen
– mikroorganizmlar va zamburug‘larning ta‘siri.
3.
Antropogen omillar
– inson faoliyati ta‘siridir. Bunday omillar salbiy
yoki ijobiy bo‗lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen
omillar ta‘sirida o‗zgarishi, o‗z navbatida ekosistemalardagi bog‘lanishlarning
inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o‗rmonlarning ko‗plab kesilishi,
cho‗llarning o‗zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol
bo‗ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan
zaharlanishi, ba‘zi hollarda antropogen omillar ta‘sirida butun biotsenozlar
yo‗qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta‘sir etishining quyi va
yuqori chegaralari bo‗ladi. Omilning qulay ta‘sir etuvchi kuchi
Dostları ilə paylaş: