Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

cheklovchi omil
deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu 
sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi. 
Turlarning shimol tomon siljishiga musbat temperatura omilining 
yetishmasligi ta‘sir etsa, qurg‘oqchilik rayonlarida esa namlik yoki yuqori 
temperaturaning ta‘siri cheklovchi omil hisoblanadi. Cheklovchi omillar, bu faqat 
abiotik omillar bo‗lib qolmay, biotik omillar ham bo‗lishi mumkin. Gulli o‗simlik 
turlarinining tarqalishida ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo‗ladi. 
Cheklovchi 
omillarni 
aniqlash 
amaliy jihatdan muhim ahamiyatga 
ega.
Organizmlarning moslashuvi 
turlichi bo‗lishi mumkin. Morfologik 
moslashishlarga 
suv 
muhitida 
gidrobiontlarning suv qarshiligini 
kesib yurishiga mos tana tuzulishi, 
shuningdek, 
plankton 
organizmlarning suvda moslashgan 
holda yashashi kabilarni o‗simliklar 
dunyosida 
esa 
cho‗l 
sharoitida 
minimum suv sarflashga moslashish 
sifatida barglarning reduksiyalanishi 
yoki 
butunlay 
bo‗lmasligi, 
ildizlarining chuqur kirib borishi 
(II.1.3-rasm) 
kabilarni 
ko‗rsatish 
mumkin.
Fiziologik 
moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‗ra, ovqat hazm qilish tizimida 
fermentlarning ma‘lum turlari ning uchrashi yoki cho‗lda yashovchi hayvonlarning 
suvga bo‗lgan ehtiyojini qondirish uchun yog‘larning biokimyoviy oksidlanishidan 
foydalanishi kabilar misol bo‗ladi.
O‗simliklarda kechadigan fotosintez va boshqa biokimyoviy jara yonlar 
atmosferadagi gazlar tarkibiga bog‘liqdir. Hulqiy yoki etologik moslanishlar 
hayvonlar uchun xos bo‗lib, turli shakllarda namoyon bo‗ladi. Masalan, tashqi 
muhit bilan hayvon tanasi o‗rtasida normal issiqlik almashinuvi uchun in qurish 
(boshpana topish), qulay haroratli joyni izlab topishi, qushlar va sut 
emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko‗chib yurishlar ma‘lum. Hayvonlar faqat 
harorat omiliga hulqiy tomondan moslashib qolmay, namlik, yorug‘lik va boshqa 
ko‗pchilik 
ekologik 
omillarga 
ham 
moslashadi. 
Hulqiy 
moslanishlar 
yirtqichlarning o‗ljani izidan yurishi, kuzatish, hamda o‗ljani javob reaktsiyalarida 
ko‗rinadi. 
Har bir o‗simlik o‗zi yashayotgan muhitdagi boshqa organizmlar, ya‘ni 
mikroorganizmlar, o‗simliklar, hayvonlar bilan murakkab va xilma-xil aloqada 
bo‗ladi, natijada ular bir-birlariga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Bu kabi ta‘sir 
biotik ta‘sir deyiladi. Biotik ta‘sir zoogen, fitogen omillarga bo‗linadi. Zoogen 
omillar – bu hayvonlarning o‗simliklarga ko‗rsatadigan ta‘sirlaridir. Masalan, 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
35 
hasharotlar o‗simliklarga changlanishida, qush va umurtqali hayvonlar meva va 
urug‘larning tarqalishida qatnashadi. Ba‘zi bir hayvonlar esa o‗simliklar bilan 
oziqlanib, ularni hatto yo‗qotib ham yuboradi. 
Hayvonlar o‗simliklarga tuproq omillari 
orqali ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, yer 
kovlovchi hayvonlar tuproq mexanik va 
biologik xususiyatlarining o‗zgarishiga olib 
keladi. 
Tuproq 
hosil 
bo‗lishida, 
unda 
yashovchi mikroorganizmlar katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
O‗simliklarning o‗simliklarga bevosita 
ko‗rsatadigan ta‘siriga quyidagilar kiradi: 
parazitizm, 
simbioz, 
bir 
o‗simliklarning 
boshqasiga 
mexanik 
ta‘siri, 
birining 
ikkinchisini siqib chiqarishi, (lianalar va 
epifitlar va boshqalar). Antropogen omil bu 
insonlarning tabiatga ko‗rsatadigan ta‘siri. U salbiy yoki ijobiy bo‗lishi mumkin. 
Ijobiy ta‘sirga, biotsenozlar hosil qilish, daraxtlarni ko‗paytirish va boshqalar 
kiradi. Salbiy ta‘sirlarga havo, suv, tuproqni ifloslantirish, o‗simliklar jamoasining 
degradatsiyaga uchratilishi, yerlarning eroziyaga uchrashi va boshqalar kiradi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin