Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
37
O‗simliklar faqat bevosita to‗g‘ri tushadigan yorug‘likdangina emas, balki,
tarqoq tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi. To‗g‘ri tushadigan quyosh nuri
ko‗pincha o‗simliklar uchun xavfli, chunki quyosh nuri kuchining ta‘siri natijasida
o‗simliklar tsitoplazmasi va xlorofil nobud bo‗ladi. Tarqoq holda tushadigan
yorug‘lik o‗simliklar tomonidan to‗la o‗zlashtiriladi. U foydaliroq bo‗lib, uning 50
– 60% fotosintez uchun muhim sariq –qizil nurlardan iboratdir. To‗g‘ri tushadigan
yorug‘likda bu xil nurlar miqdori 30 – 35% oshmaydi.
Yorug‘lik sevar o‗simliklar barglari asosan kunning xavfli soatlarida,
radiatsiyani kam qabul qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan
katta burchak hosil qilib joylashadi. Bunday joylashishni daraxtlardan evkalipt,
mimoza va boshqalarda ko‗rish mumkin, juda ko‗p o‗tchil o‗simliklarda ham
bunday holat uchraydi. Masalan yovvoyi latuk o‗simligida hamma barglar
shimoldan janubga qaratilgan, buning natijasida tush paytidagi kuchli quyosh
nurlari oz miqdorda qabul qilinadi, bunday o‗simliklar
kompas
o‗simliklar
deyiladi.
O‗simliklar yashaydigan muhitning yorug‘lik bilan ta‘minlanishi bizning
sayyorada juda turli tumandir. Masalan, baland tog‘,
cho‗l, dashtlardagi
yorug‘likka eng boy joylardan tortib, juda qorong‘u g‘orlar, suv ostidagi muhitlar.
Shu sababli o‗simliklarning yorug‘lik muhitiga moslashishi ham turlichadir.
Dostları ilə paylaş: