Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
39
Ba‘zi hayvonlar, masalan, ilonlar spektrning infraqizil qismini sezganligi uchun
qorong‘uda ham o‗ljasini topadi.
Ko‗rish organlarining taraqqiy etishi konkret
ekologik sharoit va yashash
muhitiga bog‘liq. G‘orlarda yashaydigan hayvonlarda, yorug‘lik tushmagani
uchun, ko‗rish organlari ko‗zlari qisman yoki to‗la reduksiyalashgan.
Qushlar
uzoq masofalarga, ya‘ni qishlaydigan joylargacha uchganda
yorug‘lik yordamida, aniq yo‗lni tanlaydi. Bunda yorug‘lik astronomik manbai –
quyosh va yulduzlarga qarab orientirlanadi.
Harorat omili.
Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo‗lib,
bu hayotiy
jarayonlar unga bog‘liq. Harorat organizmlarga bevosita va bilvosita ta‘sir
ko‗rsatadi. U o‗simliklar va hayvonlar ta‘sirida o‗zrarib turadi. Masalan,
o‗rmonlar ta‘sirida muhit harorati pasayadi. Asalarilar o‗z uyasida harorat 13°S
gacha pasayganda, muskullari harakati kuchayishi natijasida uya haroratini 20 -
30°S gacha ko‗taradi. Hayvonlar o‗z inlarida ham ma‘lum haroratni saqlaydilar.
Harorat hayvon va o‗simliklar hayotida,
modda almashinish tezligi,
fotosintez, transpiratsiya va boshqa bioximik va fiziologik jarayonlar hamda
ekologik hulq atvor reaktsiyalariga ta‘sir qiladi.
Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapazonida yashaydi. Ko‗p turlar
uchun 20-30°S ekologik optimum hisoblanadi. Ko‗pchilik gidrobiontlar esa 35°S
dan baland haroratda yashay olmaydi. Quruqlikda
yashovchi issiq sevar
organizmlar 50°S haroratga ham chidamlidirlar.
Qisqichbaqalarning bir turi 45-48°S da yashaydi va suv harorati 30°S ga
tushganda esa o‗lib qoladi. Molyuskalarning ayrim turlari 60°S gacha haroratga
chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70-90°S haroratli manbalarda
uchraydi, sporalari esa 120-140°S gacha chidaydi.
Bu hayotning eng baland
harorat chegarasi hisoblanadi.
Organizmlarning past haroratga chidamliligi quyidagi ma‘lumotlardan bilib
olishimiz mumkin. Ko‗pchilik hayvonlar 5°S harorat tushgunicha chidaydi, eng
tuban harorat 0°S hisoblanadi. Dengizdagi sovuqqa chidamli hayvonlar esa -33°S
ga, hasharotlar -20 -45 °S ga chidaydi.
Sayyoramizda 5 ta
issiqlik zonalari
( II.2.2-jadval) mavjud.
Dostları ilə paylaş: