Toshkent 2020 yil


.  Qisqa kunli o‗simliklar



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

1

Qisqa kunli o‗simliklar
. Bu o‗simliklarning gullash fazasiga o‗tishi uchun 
sutkada, 12 soat yoki undan kamroq yorug‘lik vaqti kerak (kanop, tamaki va 
boshqalar). 
2

Uzun kunli o‗simliklar
. Bularning gullash fazasiga o‗tishi uchun bir 
sutkada, 12 soatdan ko‗p yorug‘lik kerak (kartoshka, bug‘doy, ismaloq va 
boshqalar). 
3

Fotoperiodik reaktsiyasi bo‗yicha neytral o‗simliklar
. Bu o‗simliklarning 
gullash fazasiga o‗tishidan farq qilmaydi. Bu gruppaga tomat, qoqi o‗ti kabi 
o‗simliklar kiradi. 
Har bir tur uchun o‗zining fotoperiodik yoki yorug‘lik davri xarakterli. Uzun 
kun o‗simligi xrizantema uchun gullash fazasiga o‗tishida, sutkasiga 14 soat 40 
minut davomida yorug‘lik kerak ekan. Agar yorug‘lik 13 soat 50 minut davomida 
qabul qilinsa, g‘unchalar paydo bo‗lmaydi. 
Shunday bir misol keltirish mumkin. Sholi o‗sib turgan dala yaqinida gaz 
mash‘alalari yonib turishi natijasida, sholi uzoq vaqt gullash fazasiga o‗tmay 
turgan. Demak mash‘ala yorug‘ligi o‗simliklarda fotoperiodik reaktsiyani hosil 
qilib, gullashni kechiktirgan. 
Fotoperiodik reaktsiya ma‘lum geografik muhitga moslashib bo‗lishi bilan 
birga, o‗simliklarning yer yuzida tarqalishini cheklovchi omil hamdir. CHunki, 
ma‘lum fotoperiodik reaktsiyali o‗simliklar ularga to‗g‘ri kelmaydigan yorug‘lik 
miqdorida o‗sa olmaydi. Kun uzunligi shimoldagi uzun kun o‗simliklarining 
janubga tarqalishida, janubdagi qisqa kun o‗simliklarining esa shimolga 
tarqalishiga xalaqit beradi. 
Neytral fotoperiodik reaktsiyaga ega bo‗lgan o‗simliklar keng tarqalgan 
bo‗lib, tropik o‗rmonlaridan tortib arktikagacha bo‗lgan rayonlarda uchraydi. 
Hayvonlar uchun yorug‘lik yashil o‗simliklar singari muhim omillardan 
hisoblanmaydi. Chunki bu geterotrof organizmlar o‗simliklar tomonidan yig‘ilgan 
energiya hisobiga yashaydi. Lekin hayvonlar hayotida, quyosh spektrining 
yorug‘lik qismi ( II.2.1-jadval) muhim rol o‗ynaydi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin