Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
43
Gravitatsion suv
–tuproqning katta donachalari orasidagi bo‗shliqni to‗ldirib
turuvchi va tez harakat qilib, pastki yer osti suvlargacha etuvchi suvlardir.
Kapillyar
suvlar
–tuproq donachalari orasidagi mayda bo‗shliqlarni
to‗ldiruvchi va katta kapillyar kuch bilan bog‘lanib turuvchi suvlardir.
Bog‘langan suvlar
esa
tuproq donachalari ustida, adsorbtsiya kuchi
yordamida bog‘lanib turuvchi suvlardir.
Bu suvlardan tez o‗zlashtiriladigani -
gravitatsion suvlardir
. Bog‘langan suvlar qiyin o‗zlashtiriladi, ularni
o‗lik zaxira
ham deyiladi.
O‗simliklar hayotining namlikka bog‘liqligini bilish uchun ularning suv
rejimini aniqlashimiz kerak. U esa, quyidagi bir qator fiziologik ko‗rsatkichlar
bilan xarakterlanadi:
II.2.2 – rasm. O‗simliklar hayotining namlikka bog‘liqligining fiziologik
ko‗rsatkichlari
.
Yer yuzidagi o‗simliklar har xil namlik sharoiti va muhitga moslashishi
bo‗yicha,
3 ekologik tipga bo‗linadi:
1. Gigrofitlar;
2. Mezofitlar;
3. Kserofitlar.
O‗simliklar tabiatda, suvdan foydalanishiga qarab 3 guruhga bo‗linadi:
1
.
Omrofitlar
– ildizlari
uncha chuqur ketmagan, yomg‘ir suvidan
foydalanadiganlar;
Dostları ilə paylaş: