Toshkent 2020 yil


Fizikaviy termoregulyatsiya



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Fizikaviy termoregulyatsiya
,
hayvonlar uchun ekologik tomondan foydaliroq. 
Bu sut emizuvchi hayvonlarda tananing yung bilan qoplanishi, qushlarda pat bilan 
qoplanish, teri ostida yog‘ qatlamining bo‗lishi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
42 
Harorat organizmlarning tinim holatidan chiqishi, diopauzaga o‗tishi yoki 
migratsiyaga ketishiga sabab bo‗ladi. U o‗simliklar va hayvonlardagi hayot 
formalariga ta‘sir qiladi. 
 
Suv ekologik omili:
Suv asosiy ekologik omillardan biri bo‗lib, yer yuzidagi 
o‗simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit 
bilan modda almashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi 
sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar, o‗simlikka tuproqdan suvda erigan holda o‗tadi. 
Gidrobiontlar uchun suv yashash muhiti bo‗lib hisoblanadi. Suvsiz modda 
almashinuvi davom etmaydi. Suv bu hayot demakdir. Tirik organizmlar asosi 
suvdir. O‗simliklarda u 40 -98% ini suv tashkil qiladi. Hayvonlar tanasida ham 
suvning miqdori turlicha: cho‗l chigritkasida 35%, it baliqda 93%, kattasida 
77,8%, sichqon bolasida 83
%, 
kattasida 79%. Suv yetishmasligiga chidamlilik tur 
ekologiyasiga bog‘liq. Masalan dasht sharoitida yashovchi qurbaqa tanasidagi 
suvning 50% ini yo‗qotganda, namlikni yaxshi ko‗ruvchi o‗tloq qurbaqasi esa 
suvning 15% ini yo‗qotganda nobud bo‗ladi. 
Hayvonlarda namlikka chidamlilik o‗simliklarga nisbatan kuchliroq. Masalan, 
odam o‗z tanasidagi suvning 10% ni yo‗qotsa, tuya esa 27% ini, qo‗y 23 % ini, it 
17 % suv yo‗qotganda nobud bo‗ladi. 
O‗simliklarning suvga ehtiyoji juda yuqori. O‗rta iqlimda o‗sadigan 
o‗simliklarning 1 g quruq modda hosil qilishi uchun 250 -400g suv kerak. 
Demak, organizmlarning Yer yuzida zonalar bo‗yicha tarqalishida, suv asosiy 
cheklovchi omil bo‗lib xizmat qiladi. 
Quruqlikda o‗sadigan o‗simliklar uchun asosiy suv manbai sifatida atmosfera
yog‘ini xizmat qiladi. O‗simliklarning suv bilan ta‘minlanishi joylarning umumiy 
xarakteristikasiga bog‘liq. 
Ekvatorial iqlim mintaqalarida yil davomida 1000 mm yog‘in tushadi. Cho‗l 
zonalarida yog‘in miqdori 100 mm va undan kam ham bo‗lishi mumkin. 
O‗simliklarga suv o‗tishining asosiy yo‗li, bu ildiz tizimi bo‗lib, o‗simlik ildiz 
orqali tuproqdan suvni shimadi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin