Toshkent 2020 yil


Biz  buni bir qancha misollar orqali ko‗rishimiz mumkin



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Biz 
buni bir qancha misollar orqali ko‗rishimiz mumkin
:
- Ekinzordagi bug‘doy, arpa hosili o‗sha yerda yashovchi qushlarga,
hashoratlarga va shu kabi jonivorlarga ham bog‘liq; 
- Qushlar bug‘doy, arpaning bir-ikki bargini iste‘mol qilsa ham, uning 
o‗sishiga, shoxlashiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi; 
- Hasharotlar, arilar esa changlanishiga yordam beradi.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
49 
Qachonlardir, 
Xitoy davlatida bug‘doy hosilini oshirish uchun
chumchuqlarni yo‗qotish kerak, degan
noto‗g‘ri
qaror qabul qilingan. Buning 
oqibatida Xitoy xalqi deyarli barcha chumchuqlarni qirib yuborgan. Natijada,
hosil miqdori oshishi o‗rniga ekinlar kasallanib, qurt-qumursqalarning qulay 
sharoit tufayli ko‗payishidan hosil keskin kamayib ketgan va davlat katta 
talafot ko‗rgan. Albatta, bunga o‗xshash misollarni ko‗plab keltirish mumkin.
Shuning uchun biz doimo tabiat ustidan o‗z hukmimizni o‗tkazishda 
shoshmasligimiz, balki o‗ta ehtiyotkorlik bilan unga ―to‗g‘ri muomala‖ 
qilmog‘imiz darkor. 
2-qonun
. Hech bir narsa izsiz yo‗qolmaydi, faqat bir ko‗rinishdan ikkinchi 
ko‗rinishga o‗tadi.
Hamma narsalar qaergadir yashirinishi kerak. Har bir narsa 
izsiz yo‗qolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga ko‗chishi mumkin, bir 
molekulyar 
holatdan 
ikkinchisiga 
o‗tishi 
mumkin. 
Bunday 
o‗zgarishlar 
tirik 
organizmlarning yashash jarayoniga ta‘sir etadi. 
Masalan, yog‘ingarchiliklar ko‗proq sodir 
bo‗lganda, tabiiy iqlim o‗zgarib o‗simliklar 
rivojlanishiga katta ta‘sir etishi mumkin. Yoki 
yer qa‘ridan qazib olinadigan ma‘danlar, neft va 
gazlardan yangi moddalar va birikmalar olinadi. 
Ammo texnologik jarayonlar davomida ajralib 
chiqadigan chiqindilar tabiatga yoyilib ketgan. 
Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin 
ifloslanishi 
shu 
qonunning 
amaldagi 
ko‗rinishidir. Biosfera va uni tashkil etuvchilar –
atmosfera havosi, gidrosfera (suv havzalari),
litosfera (tuproq qatlami) turli xil ko‗rinishdagi 
―chiqindi‖lar bilan, ya‘ni ma‘lum tarkibdagi 
moddalar 
bilan 
ifloslanmoqda. 
Ushbu 
―chiqindi‖lar, 
ya‘ni 
moddalar 
atrofga
tashlanguncha boshqa ko‗rinishda–xom ashyo,
yarim mahsulot yoki tayyor mahsulot
ko‗rinishida edi. Ular qazib olish, qayta ishlash 
va ishlatish mobaynida boshqa ko‗rinishga, 
ya‘ni ―chiqindi‖ ko‗rinishiga o‗tdilar va atrofni 
iflosladilar.
Shu o‗rinda bir narsani tushunib olmoq
lozim. ―Chiqindi‖ – bu unga nisbiy berilgan nom, har qanday ―chiqindi‖ 
yuqorida aytilganidek aniq bir kimyoviy tarkibga ega, u biror-bir xom ashyoning, 
mahsulotning bo‗lagi, zarrasi (chang ko‗rinishida) bo‗lishi mumkin.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin