Tuproq ekologik omili o‗simliklar uchun ham muhimdir .
Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi.
Ikkinchidan o‗simliklar tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni
o‗zlashtiradi. O‗simlikka tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda
mikroflorasi juda katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo‗lib, u qumlik tuproq, loy tuproq, qumloq, tuproq va hokazolarga bo‗linadi .
Tuproqdagi o‗simlik uchun muhim bo‗lgan kimyoviy elementlarga
quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir hamda bir qator
mikroelementlar–mis, bo‗r, sink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda
almashinuvida roli katta va biri ikkinchisining o‗rnini bosa olmaydi. Ozuqa
zaxirasiga boy bo‗lgan tuproqlarda evtrof o‗simliklar uchraydi. Ozuqaga kam
bo‗lgan tuproqlarda oligatrof o‗simliklar uchraydi. O‗rtacha ozuqali tuproqlarda
mezotrof turlar uchraydi.
Sayyoramizning 25% yerlari har xil miqdorda sho‗rlangan. O‗simlik uchun
eng zararlisi bu oson eriydigan tuzlar – osh tuzi, magniy xlorid. CaSO
4
, MgSO
4
,
CaCO
3
bular nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin eruvchi tuzlardir.
Tuproq tarkibida ko‗p miqdorda tuzlar uchrasa, o‗simlikning osmotik bosimi
ko‗tarilib uning suv bilan ta‘minlanishi buziladi va u zaharlanadi.
Kuchli sho‗rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o‗sish
jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o‗lishiga ham olib keladi.
Nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlarning doimo yomg‘ir suvlari bilan
yuvilishi natijasida ularda tuzlar to‗planmaydi. Ularning suv va tuz rejimi
boshqacha bo‗ladi.