Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
44
4. Mexanik to‗qimalarning kuchli rivojlaniish. Turli fiziologik moslashishlar
kserofitlarning qurg‘oqchilik sharoitida o‗tishiga yordam beradi.
O‗simliklar suvni tuproqdan osmotik bosimni oshishi yo‗li bilan shimib oladi.
O‗simliklarda faol o‗sish davri bahor oylarida bo‗ladi keyin ular qurg‘oqchilikga
moslashib bug‘latishni kamaytiradi, osmotik bosimni yuqori ko‗taradi.
Barglarining ko‗p qismni to‗kish yo‗li bilan ham moslashadi, avgust oylarida esa
oz suv parlatish uchun ba‘zi o‗simliklarda mayda barglar paydo bo‗ladi.
O‗simliklarning
qurg‘oqchilikka
chidamliligi
bo‗yicha
ekologik
klassifikatsiyalar, bir qator olimlar tomonidan berilgan bo‗lib, ular P.A.Genkel
(1946,1982), D.I.Kolpikov (1957), A.A.Gorshkova (1956), Yu.S.Grigorev (1955)
va boshqalardir. O‗zbekiston sharoitida o‗simliklarning ekologik klassifikatsiyasi
T. U. Raximova (1988) tomonidan berilgan. Uning klassifikatsiyasida o‗simliklar
quyidagi guruhlarga bo‗lingan:
Kserofitlar tipi
–
giperkserofitlar, eukserofitlar, teroiremokserofitlar,
gemikserofitlar;
Mezofitlar tipi - seromezofitlar va mezofitlardir
.
Dostları ilə paylaş: