Toshkent 2020 yil


Ozonni  Yyemiruvchi moddalar (OYeM)



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ozonni 
Yyemiruvchi moddalar (OYeM)
lar tashlanishga yo‗l qo‗ysa, sovutgich ishlab 
chiqaradigan sanoat muhandislari sovitish texnikasi ishlatish qoidalariga rioya 
etmasa, qishloq xo‗jalik hodimlari qishloq xo‗jalik zararkunandalariga qarshi
kurashda taqiqlangan bromli metall kabi 
OYeM
 (Ozonni Yyemiruvchi moddalar)
lardan foydalansa, ular tabiatga, insonlar salomatligiga katta zarar etkazadi. 
Insoniyat taqdiri tabiatni muhofaza qilishga, jumladan, Ozon qatlamini himoya 
qilish bo‗yicha o‗tkaziladigan tadbirlarni hamkorlikda bajarishimizga bog‘liqdir. 
O‗tkir quyosh nurlarining ko‗zga ta‘siri.
O‗tkir 
UB
-nurlanish ko‗z
gavharining xiralashuviga olib keladi. 
Bu katarakta deb nomlangan ko‗z 
kasalligini keltirib chiqaradi.
Monreal Protokolida ko‗zda tutilgan keskin 
choralar amalga oshirilmasa, yana 18 million kishining ko‗zlari zaiflanib qolishi 
mumkin, jumladan, bu holat, 2075- yilga borib, yanada ayanchli tus olishi 
mumkin. 
AQSh da atrof-muhitni muhofaza qilish Boshqarmasi tomonidan maxsus 
tadqiqotlar o‗tkazilgan bo‗lib, ularda atmosferada Ozonning kamayishi va 
katarakta kasalligining ko‗payishi o‗rtasida o‗zaro aloqa borligi aniqlanadi. 
Ko‗z gavharining deformatsiyasi va keksalarga xos bo‗lgan ko‗z kasalliklari 
paydo bo‗lishi mumkin. Qutblarda mavjud bo‗lgan ―Ozon tuynuklari‖ maydonlari 
kattalashgandan keyin qutbchilar ko‗zlari to‗r pardasining kasallanish soni
ko‗payishi to‗g‘risida ma‘lumotlar bor. Bu o‗tkir quyosh nurlarining, ko‗rish 
qobiliyatiga salbiy ta‘sir qilishi to‗g‘risida, tibbiyot hodimlarning nuqtai nazarini 
qisman tasdiqlaydi. 
O‗zbekiston ortiqcha ultrabinafsha nurlanish mintaqasida joylashgan. 
Ultrabinafsha nurlanishning ta‘siri ayniqsa yoz faslida seziladi. Shuning uchun 
ko‗zga quyosh nuridan saqlaydigan ko‗zoynak taqib yurish lozim. Bu modaga 
bo‗ysunish emas, balki zarurat bo‗lib qoldi. Misol uchun,
Avstraliyada keyingi 20
yil ichida teri saraton kasalligi bilan kasallanish 3 baravarga ko‗paydi. Zero, ko‗p 
yillardan buyon ushbu mintaqada yashovchilarga himoyalovchi krem va ko‗z 
oynaklardan foydalanish tavsiya etib kelinadi. bu ushbu davlat hududida istisnosiz 
barchaga, ayniqsa, kelgindi mehmonlarga ko‗rish qobiliyati buzilishini oldini olish 
uchun tavsiya etiladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin