Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
131
Ozon qatlamidagi o‗zgarishlar faqat atmosferaga emas, yerdagi ―hayotʹʹ -deb
atalgan jarayonga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bu inson salomatligiga xavf soladiki,
turli xil kasalliklar ko‗payadi, inson umri qisqaradi, biologik buxron vujudga kelib
o‗simlik va hayvon turlari yo‗qolib boradi, okean, dengiz, daryo, ko‗l suvlari
takibi o‗zgaradi, tuproq zaharlanadi, tabiatda ekologik muvozanat buziladi.
Ozon qatlamining yemiruvchi moddalar -tarkibida xlor, ftor, brom, uglerod
va vodorod kabi kimyoviy unsurlar mavjud bo‗lib, so‗nggi yillarda ular atmosfera
tarkibida miqdorini ko‗payishi sodir bo‗lmoqda. Bu esa atmosferadagi Ozon
qatlamini o‗zgarishiga (Ozon qatlamini siyraklashishi, Ozon tuyniklarini paydo
bo‗lishi) olib kelmoqda.
Ozon gazsimon o‗ziga xos hidli modda bo‗lib, uning molekulasi 3 ta kislorod
atomidan iborat
. Ozon, momaqaldiroq bo‗lib, chaqmoq chaqnaganda, laboratoriya
sharoitida past elektr zaryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarining kislorodga
ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi.
Ozon–tez parchalanuvchi moddadir. Uning molekulasi atomlarga oson
bo‗linadi. Kislorod atomi yoki kislorodning erkin radikali, turli kimyoviy
reaktsiyalarda faol oksidlovchi moddadir. Turmushda undan, suv va havoni
tozalashda, kirni oqartirishda foydalaniladi.
Ozon kichik miqdorda (toksiklikdan 50 barobar kam) antioksidantdir, shu
hususiyati tufayli u mikroblar, zamburug‘lar va viruslarni yo‗q qila oladi,
tibbiyot va kosmetologiyada ishlatiladi. Ozon diabet, virusli gepatit, gerpes,
xlamidioz va boshqa kasaliklarni Ozonoterapiya usulida davolashda qo‗llaniladi.
Ozon hayvonlar va odamlar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‗lib, is gaziga nisbatan
zaharliroq hisoblanadi. U odamlarda yo‗tal paydo qiladi, bosh og‘rig‘iga sabab
bo‗ladi, ko‗zga zarar etkazadi, nafas olishni buzadi.
Ozon molekulalari hosil bo‗lishi bilan birga ularning dissotsiatsiyasi, ya‘ni
molekulalarning yemirilishi kuzatiladi. Bu jarayon quyosh nurlari ta‘siri natijasida
bo‗lishi mumkin, lekin o‗ziga xos ―Ozon qotillari‖ ham mavjudki, ular haqida
keyinroq so‗z yuritamiz.
Eng ko‗p Ozon stratosferada to‗planib, u
Dostları ilə paylaş: