Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

UB

B
nurlanishining halokatli 
ta‘siriga eng sezgir bo‗lib no‗xat va dukkakli o‗simliklar chiqdi. Shuningdek, 
kartoshkaning bir necha turlari, pomidor, qandlavlagi, soya dukkaklari hattoki, 
makkajo‗xori, qora javdar, kungaboqarning ham hosildorligi pasayadi. Iqlim 
o‗zgarishi o‗simliklarning davriy yorug‘lik darajasi, harorat, namlik kabi tashqi 
omillarga bog‘liq bo‗lgan yashash qobiliyatiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Ko‗p mamlakatlarda yuqorida aytib o‗tilgan o‗simliklar, oziq-ovqat 
mahsulotlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ozon qatlamini saqlaydigan choralar 
o‗z vaqtida ko‗rilmasa, biz iste‘mol qilayotgan taomlar ham o‗zgarib ketishini 
o‗zingiz tasavvur qila olasizmi? Ozon qatlami yemirilishi natijasida sayyoramizda 
ocharchilik boshlanishi mumkin Qishloq xo‗jalik o‗simliklarining yangi turlari 
paydo bo‗lgan holda mutatsiya jarayonlari yuz berishi mumkin. 
 ―Ozon tuynugi‖ning jonsiz tabiatga ta‘siri. 
Yer yuzasiga yetib keladigan 
infraqizil nurlanishning ortishi sababli sayyoraning issiqlik maromini o‗zgartirishi 
mumkin, ya‘ni iqlim isishining aniq xavfi mavjud. Bu atmosferadagi tsirkulyatsiya 
jarayonlari o‗zgarishiga, suv resurslarining qayta taqsimlanishiga olib keladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
137 
Muzliklarning erishi natijasida Dunyo okeanining suv sathi ko‗tarilishi va sohil 
bo‗yidagi joylarni suv bosishi mumkin. 
Shahar va qishloqlarda quyosh nurlarining buzilish ta‘siri, qurilish 
materiallariga, imoratlarga va transport magistrallariga va bo‗yoq qoplamalarining 
kuyib ketishiga, tom yopqich va boshqa materiallarni yemirilishiga, yo‗llar 
sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Ozon qatlami nimadan saqlaydi?
 
Monreal protokoli Ozon qatlamini 
himoya qilish borasidagi global harakatlarda kattagina muvaffaqiyatlarga erishgan 
bo‗lsa-da, biroq bu maqsadning yakunlanishiga erishish uchun hali vaqt bor. 
Ozon qatlami himoyasini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan, Ozon yemiruvchi 
moddalardan to‗liq global bosqichma-bosqich voz kechishning barqaror 
sur‘atlarini saqlash: Ozon qatlami tiklanishini bashorat qilayotgan barcha ilmiy 
tahliliy tadqiqotlar natijalari Protokolda ko‗zda tutilgan majburiy bosqichma-
bosqich voz 
kechish shartlariga 
to‗liq 
rioya 
qilish 
nuqtai 
nazariga 
asoslanadi. Ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‗lgan qo‗llab-
quvvatlashlarga qaramay, xloridftoruglerod (XFU)larni qo‗llashning saqlanib 
qolayotgan turlaridan, xususan ulardan konditsioner va sovutkichlarda 
foydalanishdan uzil-kesil bosqichma-bosqich voz kechish oson vazifa bo‗lmaydi 
hamda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ham mazkur maqsadga 
erishish uchun anchagina vaqt kerak bo‗ladi.
Iqlim uchun muqobil Ozon yyemiruvchi moddalarga xavfsiz o‗tishni 
ta‘minlash: Modomiki, gidroxlorftoruglerod(GXFU)lar va ularning ishlab 
chiqarilishi bilan bog‘liq bo‗lgan qo‗shimcha mahsulotlar global isishni keltirib 
chiqaradigan gazlar ekan, ularni ishlab chiqarilishi va iste‘molining davom etishi 
ham Ozonning yemirilishi va iqlim o‗zgarishiga ko‗maklashadi. Bundan tashqari, 
gidroxlorftoruglerod(GXFU)larga, 
gidroftoruglerod 
(GFU)lar 
kabi 
ayrim 
muqobilliklar Ozon qatlamiga zarar etkazmaydi, ammo global isishga 
ko‗maklashadi. Monreal protokoli Tomonlari yaqinda Protokolga kiritiladigan 
ikkita tuzatishni ko‗rib chiqdilar, biroq bu borada hanuzgacha biror bir kelishuvga 
erishilmadi.
Nihoyat, konditsioner va sovutgichlarni ishlab chiqarishda Ozonni yemiruvchi 
moddalardan voz kechilishi energiya samaradorligini oshirish orqali global isishga 
qarshi kurashda katta yutuqlarga erishish imkonini bermoqda. Garchi Monreal 
protokoli buni talab qilmasa-da, Tomonlar o‗zlarining GXFUlardan voz kechishda 
energiya samaradorligi kabi omilni hisobga olish majburiyatini oldilar.
Moliyalashtirish: Ko‗pgina Tomonlar, Ozon yemiruvchi moddalardan 
bosqichma-bosqich voz kechish ishida sezilarli o‗sishga erishilgan sayin, 
bosqichma-bosqich voz kechish bilan bog‘liq bo‗lgan mavjud muammolarni hal 
etish uchun direktiv organlar e‘tiborini jalb qilish va ulardan moliyaviy yordam 
olish, borgan sari murakkab bo‗lib borayotganligini payqadilar. 
Shu kunga qadar rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‗pchiligi protokol 
doirasida, ularning bosqichma-bosqich voz kechish borasidagi xatti-harakatlarini 
qo‗llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
ko‗p 
tomonlama jamg‘arma tomonidan 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
138 
moliyalashga ko‗p jihatdan ishongan edilar va jamg‘arma tomonidan yordam 
ko‗rsatilishining davom ettirilishi ushbu mamlakatlarda tegishli qoidalarga rioya 
qilishning yuqori darajasini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bosqichma-bosqich 
voz 
kechishni 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ham haqiqatdan yakunlash uchun mazkur masalaga yuqori e‘tiborni 
qaratish lozim bo‗lgani kabi, moliyalashni davom ettirishda ham sodiqlik talab 
etiladi. 
Noqonuniy savdo-sotiq bilan kurashish va noqonuniy maqsadlarda hamon
davom etayotgan Ozonning yemiruvchi moddalardan foydalanishning oldini 
olishni ta‘minlash: Ozon yemiruvchi moddalardan bosqichma-bosqich voz 
kechilishi sari, kimyoviy moddalarni yetkazib berilishiga cheklovlar yanada 
kuchayib bormoqda, chunki ko‗pincha bunday moddalarning noqonuniy savdo-
sotig‘i yo‗li bilan pul ishlash xohishi kattalashib boradi; tomonlar ushbu 
muammoni hal etishdagi o‗z harakatlarini faollashtirishlari lozim. 
Ozon qatlami uchun favqulodda tahdidga egaligi aniqlangan yangi kimyoviy 
moddalarni tartibga solinishini ta‘minlash: Ozon yemiruvchi moddalarga 
muqobillikni ishlab chiqarishga ilhom bergan o‗sha ijodiy tadbirkorlik ruhi yangi 
Ozonning yemiruvchi moddalarni yoki iqlimiy o‗zgaruvchan hususiyatli moddalar 
ixtirosiga ham turtki berishi mumkin. 
Protokolga ko‗ra, Tomonlar bozorda yangi zararli birikmalar paydo 
bo‗lmasligi uchun yangi kimyoviy moddalar testlarini o‗tkaza turib, hushyorlikni 
namoyon qilishlari kerak. 
Ozon qatlami holatini bashoratlarga muvofiq ravishda tiklanishini ta‘minlash 
maqsadida monitoring yuritish: iqlim o‗zgarishi va Ozon qatlamining kamayib 
ketishining o‗zaro bog‘liqligi to‗g‘risidagi so‗nggi ma‘lumotlarni olinishi 
olimlarga Ozon qatlamining tiklanishi avval kutilganga qaraganda kechroq sodir 
bo‗lishini faraz qilishlariga asos berdi. 
Jahon hamjamiyati tegishli xavf-hatarlarni bartaraf etish borasidagi chora-
tadbirlar hayotga tatbiq etilayotganligiga ishonch hosil qilishlari uchun Ozon 
qatlami holati monitoringini davom ettirishi lozim. 
Toshbaqa yoki sudralib yuruvchi sinfiga xos ba‘zi hayvon turlari kosasi va bu 
uning tanasini saqlaydigan ustki qobig‘idir. Ular sayyoramizda 700 million yillar 
avval paydo bo‗lgan. Yer yuzida yashash uchun tirik jonzotni o‗ldiradigan o‗tkir 
quyosh nurlaridan saqlanish lozim edi, shuning uchun toshbaqalar kosani ―kiyib 
olishga‖ majbur bo‗ldilar. 
Qadimgi sudralib yuruvchilar (dinozavrlar) ham himoya qiluvchi qobiq va 
tangachaga ega bo‗lganlar: Hozirgacha yashab kelgan pangolin, bronenosets, 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
139 
iguana, gatteriya kabi hayvonlarda ham shu qobiq va tangacha saqlanib qolgan.


Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin