OYeM – Ozon yemiruvchi moddalar: Ozonni yemiruvchi moddalarga
tarkibida xlor, ftor, brom, uglerod
va vodorod kabi Ozonni yemiruvchi moddalar
bo‗lgan
uglevodlar
sinfiga
taaluqli
kimyoviy
birikmalar
kiradi.
Bu
terminologiyalarning ma‘nosini tushunib olish lozim.
Bromli metall (metilbromid) Tarkibida brom bor bo‗lgan metan hosilasidir. U
qishloq ho‗jaligida tuproqda va qishloq ho‗jaligi mahsulotlarida (yorma, sabzavot,
meva) uchraydigan zararli hasharotlarini qiruvchi vosita sifatida ishlatiladi
. Galonlar tarkibida uglerod va galogenlar (ftor, brom, ba‘zilarda xlor mavjud)
bo‗lgan kimyoviy birikmalardir. Ular o‗t o‗chirish vositalarida ishlatiladi.
Tetraxloruglerodlar (TXU ) suyuq moddalar bo‗lib, ular laboratoriyalarda va
sanoat ishlab chiqarishida erituvchi sifatida ishlatiladi.
XFU xladagent sifatida hamda aerozollar, dezodrantlar, insektitsidlar va
boshqa mahsulotlarda ishlatiladigan, tarkibida xlor-ftor-uglerod mavjud bo‗lgan
birikmalardir.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
143
XFU shuningdek global istisnoga tushadigan laboratoriya va tahliliy
maqsadlarda va tamaki bargiga sanoat maqsadida ishlov berish uchun ham
qo‗llaniladi.
Ushbu moddalar ichida gallonlar Ozon qatlamiga eng katta zarar yetkazadi. U
katta miqdorda o‗nlab, yuzlab yillar davomida atmosferada saqlanib qolishi va
Ozonni emirib borishi mumkin.
Ozon qatlamining asosiy ―dushmanlari‖ hisoblangan XFU shu qatlamga
qisman yetib boradi va Yer yuzasiga qulay ob-havo sharoitlarida yomg‘ir bilan
birga qaytib tushadi. Kosmik raketalar esa Ozon qatlamini to‗la teshib o‗tadi. Bu
jarayon natijasida sayyoramiz yuzasidan 20-50 km balandlikdagi bevosita ―fojiali
joy‖ga o‗nlab va yuzlab tonna Ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar yetkazib
beriladi.
Ayniqsa, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan raketalar tezlatgichlari juda ham
zararlidir. Qattiq yoqilg‘i tarkibida Ozonni yemiruvchi xlor va azot birikmalari
ko‗p miqdorda mavjud. Masalan, Amerikaning ―Speys-shatl‖ (Kosmik kema) deb
nomlangan tipik qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan raketa tizimi faqatgina bir parvozi
davomida 10 ming tonnagacha Ozonni yemiradi. Yer atmosferasida esa Ozon
miqdori faqatgina 3 milliard tonnani tashkil etadi.
Amerikaning ―Delta‖ va ―Titan-P‖ raketalari hamda ishlab chiqish bosqichida
bo‗lgan ―Arian-U‖ frantsuz raketasi Ozon yemiruvchi kosmik ―ajdaholar‖ qatoriga
kiradi. Ularga nisbatan Rossiyaning ―Vertikal‖, ―Proton‖, ―Soyuz‖ kabi raketa
tizimlari Ozonga 3-4 baravar kam zarar ko‗rsatadi. Bular ichida ―Energiya‖ raketa
elituvchi tizimi katta ustunlikka ega. Birinchi bosqich bloklarida ―Energiya‖
baklariga kislorod va uglevodorodli yonilg‘i, ikkinchi bosqich bloklariga kislorod
va vodorod quyiladi. Hisoblash natijalari shuni ko‗rsatadiki, yongan
mahsulotlarning atmosferaga chiqish 1500 tonnadan ortiq Ozon yo‗qolishiga olib
keladi. Buning ustiga Rossiyaliklarning yangi kosmik tizimida Drossel usuli (Ozon
qatlamida dvigatel tortishish kuchini vaqtincha kamaytirish usuli) qo‗llanilgan.
Hozircha ―Energiya‖ tizimi ekologik ―rekordchi‖ hisoblanadi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
144
Tog‘larda dam olish ishqibozlariga ilgaridan imkon boricha ehtiyotkorlik
tavsiya qilinadi, chunki ayrim