Toshkent 2020 yil


O‗zbekistonda Ozon qatlamini muhofaza qilishga doir olib



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

O‗zbekistonda Ozon qatlamini muhofaza qilishga doir olib
borilayotgan ishlar. 
O‗zbekiston jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari 
qatorida sayyoramizning Ozon qatlamini saqlab qolish faoliyatiga o‗z hissasini 
qo‗shmoqda. 
Mamlakatimizda ‖Tabiatni muhofaza qilish to‗g‘risida‖gi va ‖Atmosfera 
havosini muhofaza qilish to‗g‘risida‖gi qonunlariga amal qilinmoqda. Mazkur 
qonunlarda 19-va 20- moddalari mavjud bo‗lib, ular Ozon qatlami muammosiga 
bag‘ishlangan. ‖Atmosfera havosini muhofaza qilish to‗g‘risida‖gi Qonunning 19-
moddasida Ozonni yemiruvchi mahsulotlarni ekspluatatsiya va ta‘mirlovchi 
korxona, tashkilot va muassasalar ularni ro‗yhatga olish hamda Ozonga zarar 
etkazmaydigan mahsulotlar bilan almashtirishni ta‘minlashlari lozimligi 
belgilangan. ―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‘risida‖gi Qonunning 20-moddasida 
aytilishicha, ―Xalqaro kelishuvlarga muvofiq vazirliklar va boshqarmalar, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, yakka shaxslar Ozon qatlamiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatuvchi kimyoviy moddalarning ishlab chiqarilishi va ishlatilishini 
qisqartirishi hamda, kelajakda butunlay tugatishi lozim‖. 
1993-yil 18-may kuni O‗zbekiston Respublikasi sobiq Sovet Ittifoqi 
tomonidan imzolangan 1985-yildagi Ozon qatlamini muhofaza qilish to‗g‘risidagi 
Vena konvensiyasi hamda 1987-yildagi Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bo‗yicha Monreal Protokoliga nisbatan o‗z ishtiroki o‗tishini tasdiqladi va mazkur 
hujjatlarga qo‗shilishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‗z zimmasiga oladi. 
1998-yil 1-mayda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Monreal Protokoliga 
London va Kopengagen tuzatmalarini ratifikatsiya qildi. Ushbu tuzatmalar 1998- 
yil 8- sentabrdan boshlab kuchga kirdi. 
London tuzatmalarining ratifikatsiya qilinishi Ozonni yemiruvchi moddalarni 
foydalanishdan chiqarish va almashtirish bo‗yicha amaliyotni tatbiq etish uchun 
GEJ(Global Ekologik Jamg‘arma)dan mamlakatning kelishilgan harajatlarini 
qoplash uchun grant va konpensatsiyaviy jamg‘armalar ko‗rinishidagi moliyaviy 
yordamga huquq beruvchi muhim shart bo‗ldi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va 
―O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari to‗g‘risida‖gi Qonunga muvofiq, 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senati tomonidan ma‘qullangan quyidagi O‗zbekiston Respublikasi 
Qonunlari, birinchi Prezidentimiz, I.A.Karimov tomonidan 2006-yil 7-sentabrda 
imzolangan. ―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‗yicha Monreal Protokolga 
Tuzatmani (Monreal, 1997-yil 17-sentabr) ratifikatsiya qilish to‗g‘risida‖gi va 
―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‗yicha Monreal Protokoliga Tuzatmani 
(Pekin, 1999- yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish to‗g‘risida‖gi Qonunlar. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
146 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin