Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
132
faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni e‘tiborga olmasak, odatdagi tabiiy hodisalar
natijasida bu joyda Ozon kontsentratsiyasi deyarli o‗zgarmaydi.
Ozon kontsentratsiyasi (ya‘ni 1 kub santimetrda mavjud bo‗lgan molekulalar
miqdori)
Dobson birligi
deb atalgan maxsus kontsentratsiya birligi orqali
o‗lchanadi
. Bir Dobson birligida mavjud bo‗lgan Ozon molekulalari millimetrning
yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri)
qalinlik qatlamini hosil qiladi. O‗rta hisobda
Ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson
birligini tashkil etadi. Kenglik va mavsumiy
o‗zgarishlar ham (120 dan 760 gacha Dobson
birligi) mavjud.
Sayyoramizning shimoliy yarim sharida
Ozonning eng katta miqdori qishning oxiri,
yozning boshida (fevral-mart oylarida), eng
kichik miqdori kuzda (sentyabrь-oktyabrь
oylarida) kuzatiladi. Sayyoramizning janubiy
yarim sharida esa aksincha holat sodir bo‗ladi.
Ozon qatlamining himoya qiluvchi
hususiyatlari.
Ozon qatlami quyosh spektrining turli sohalarida elektromagnit
to‗lqinlarini tanlash hususiyatiga ega. Quyosh spektri infraqizil (issiqlik), ko‗zga
ko‗rinadigan va ultrabinafsha (ko‗zga ko‗rinmaydigan) qismlardan iborat.
Issiqlik tarqalishi tirik organizmlarning hayot jarayonlari uchun zarurdir.
Lekin sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning biologik vazifalarini bajarishi
uchun harorat me‘yori ham zarurdir. Ozon qatlami infraqizil nurlarning bir qismini
yutib, ma‘lum darajada qulay haroratni saqlab turadi.
Quyosh spektrining yorug‘lik nurlanishi sayyoramizda yashovchilar uchun
katta ahamiyatga ega. Masalan, o‗simliklarning yashil barglarida kechayotgan
fotosintez jarayonlarini olaylik. Ular bo‗lmasa, sayyoramiz erkin molekulyar
kisloroddan mahrum bo‗lar, aerob organizmlar esa yo‗qolar, ya‘ni sayyoramiz
huvillab, faqat mikroblar qolar edi. Yerning o‗z o‗qi va Quyosh atrofida aylanishi
bilan bog‘liq yorug‘likning sutkalik va mavsumiy maromlari sayyoramizda
yashaydigan organizmlarning fiziologik, fe‘l-atvori va biologik maromlarini
tartibga solib turadi. Ozon qatlami ko‗zga ko‗rinadigan hamma nur to‗lqinlarini
o‗tkazadi va turli hayotiy shaklda mavjud bo‗lgan tirik organizmlar ulardan o‗z
faoliyatida foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: