Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ozon qatlami
deb ataladi
. Shu 
yerda Ozonning paydo bo‗lish va uning emirilish tezligi tenglashadi. Inson 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
132 
faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni e‘tiborga olmasak, odatdagi tabiiy hodisalar 
natijasida bu joyda Ozon kontsentratsiyasi deyarli o‗zgarmaydi. 
Ozon kontsentratsiyasi (ya‘ni 1 kub santimetrda mavjud bo‗lgan molekulalar 
miqdori) 
Dobson birligi 
deb atalgan maxsus kontsentratsiya birligi orqali 
o‗lchanadi
. Bir Dobson birligida mavjud bo‗lgan Ozon molekulalari millimetrning 
yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri) 
qalinlik qatlamini hosil qiladi. O‗rta hisobda 
Ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson 
birligini tashkil etadi. Kenglik va mavsumiy 
o‗zgarishlar ham (120 dan 760 gacha Dobson 
birligi) mavjud. 
Sayyoramizning shimoliy yarim sharida 
Ozonning eng katta miqdori qishning oxiri,
yozning boshida (fevral-mart oylarida), eng 
kichik miqdori kuzda (sentyabrь-oktyabrь 
oylarida) kuzatiladi. Sayyoramizning janubiy 
yarim sharida esa aksincha holat sodir bo‗ladi. 
Ozon qatlamining himoya qiluvchi 
hususiyatlari. 
Ozon qatlami quyosh spektrining turli sohalarida elektromagnit 
to‗lqinlarini tanlash hususiyatiga ega. Quyosh spektri infraqizil (issiqlik), ko‗zga 
ko‗rinadigan va ultrabinafsha (ko‗zga ko‗rinmaydigan) qismlardan iborat. 
Issiqlik tarqalishi tirik organizmlarning hayot jarayonlari uchun zarurdir. 
Lekin sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning biologik vazifalarini bajarishi 
uchun harorat me‘yori ham zarurdir. Ozon qatlami infraqizil nurlarning bir qismini 
yutib, ma‘lum darajada qulay haroratni saqlab turadi. 
Quyosh spektrining yorug‘lik nurlanishi sayyoramizda yashovchilar uchun 
katta ahamiyatga ega. Masalan, o‗simliklarning yashil barglarida kechayotgan
fotosintez jarayonlarini olaylik. Ular bo‗lmasa, sayyoramiz erkin molekulyar
kisloroddan mahrum bo‗lar, aerob organizmlar esa yo‗qolar, ya‘ni sayyoramiz 
huvillab, faqat mikroblar qolar edi. Yerning o‗z o‗qi va Quyosh atrofida aylanishi 
bilan bog‘liq yorug‘likning sutkalik va mavsumiy maromlari sayyoramizda 
yashaydigan organizmlarning fiziologik, fe‘l-atvori va biologik maromlarini
tartibga solib turadi. Ozon qatlami ko‗zga ko‗rinadigan hamma nur to‗lqinlarini 
o‗tkazadi va turli hayotiy shaklda mavjud bo‗lgan tirik organizmlar ulardan o‗z 
faoliyatida foydalanadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin