Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

TTXD (ta‘sirning 
taxminiy xavfsizlik darajasi) 
- 3 yil muddatga belgilanadigan vaqtinchalik gigienik 
me‘yor bo‗lib, ushbu muddat davomida REK qayta ko‗rib chiqilishi yoki 
almashtirilishi kerak. TTXD 1 m

havodagi moddaning mg. miqdorida (mg/m
3

ifodalanadi. 
REK ni ishlab chiqishdagi asosiy usul hayvonlar bilan toksikologik tajriba 
bo‗lib, hayvonlar maxsus bo‗lmalarda o‗rganilayotgan zaharli moddalarning turli 
kontsentratsiyalari bilan ta‘sirlanadilar. Tajribada an‘anaviy hayvonlar – 
sichqonlar, kalamushlar, quyonlar, dengiz cho‗chqalari ishtirok etadi. Toksikologik 
tajriba olib borish bilan bir vaqtda toksik moddaning miqdorini muntazam nazorat 
qilish uchun miqdoriy kimyoviy tahlil usuli ishlab chiqiladi. 
 
Gigienik (tibbiy) normativlardan tashqari 3 ta ekologik normativlar ham 
mavjud: 

Atmosfera
havosi uchun 

RET (ruxsat etilgan tashlama, t/yil);
 
- suvlar uchun 

REOM (ruxsat etilgan oqava me‘yori, t/yil);
 
-tuproq uchun 

CHJL (chiqindilarning joylashtirish limitlari).
Ular 
tabiatdan foydalanuvchilar hamda tegishli ixtisosdagi ilmiy muassasalar tomonidan 
ishlab chiqiladi va tabiatni muhofaza qilish bo‗yicha davlat idoralari tomonidan 
tasdiqlanadi. 
VIII.2. Atmosfera havosini zaharli gazlar bilan ifloslanishi, ularni 
kamaytirish va zararsizlantirish yo‗llari. 
Atmosfera havosi gazlar va uchuvchan 
organik birikmalarning bug'laridan tashqari, suyuq va qattiq aerozollar misolidagi 
muallaq moddalar bilan ham ifloslanadi. Muallaq zarrachalarning kelib chiqishi 
tabiiy va sun'iy (antropogen) bo'lishi mumkin, ular shuningdek, atmosferada yuz 
beradigan kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham paydo bo'ladi. 
Tabiiy qattiq (muallaq) moddalarga vulqon va yer usti changlari: tuproq, 
o'simlik changlari, o'rmon yong'inlari (qurum, kul) va dengiz changi (tuz 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
155 
kristallaridan iborat suv qatralari va tomchilaridan parlanishlar) kiradi. Yer usti 
changining tarkibi yil fasllari, o'simliklar miqdori va shu kabilarga bog'liq holda 
turlicha bo'ladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin