Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
153
VIII Bob.
Atmosfera havosini ifloslanishi. REK, RET haqida
tushunchalar.
VIII.1. Atmosfera havosini zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini
nazorat qilishda REK va RET bilan taqqoslash.
Havo, suv va tuproqning
zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini azorat qilish ularning atrof-muhit
ob‘ektlaridagi miqdorini o‗lchash natijalarini ushbu moddalarning
ruxsat etilgan
kontsentratsiyalari
(REK) bilan taqqoslashga asoslangan.
REK (ruxsat etilgan kontsentratsiya)
–zararli moddaning hajm (havo, suv)
yoki massa (tuproq) birligidagi shunday eng yuqori miqdoriki, cheklanmagan vaqt
davomida har kuni ta‘sir qilganda organizmda hech qanday patologik o‗zgarishlar,
shuningdek, avlodlar uchun nohush irsiy o‗zgarishlar keltirib chiqarmasligi kerak.
REK kattaliklari atmosfera havosi uchun 1 m
3
havodagi moddaning mg dagi
miqdori (mg/m
3
) bilan ifodalanadi.
REK ni belgilash (ishlab chiqish) jarayoni juda uzoq (taxminan 1 yil) va
qimmatlidir. Shuning uchun so‗nggi yillarda ko‗proq quyidagi
vaqtinchalik
gigienik normativlar
ishlab chiqishga ko‗proq e‘tibor berllmoqda:
-TTXD (ta‘sirning taxminiy xavfsizlik darajasi)
aholi turar joylari
atmosfera havosidagi ifloslovchi moddaning eng yuqori ruxsat etiladigan miqdoriy
me'yoridir. TTXD (mg/m3) 3 yil muddatga belgilanadi. Bu muddat tugaganidan
so'ng u qayta ko'rib chiqishi yoki REK o'zgartirilishi kerak;
-
TRD (taxminiy ruxsat etilgan ta‘sir darajasi)
kimyoviy moddaning
xo'jalik-ichimlik va madaniy-maishiy suv obyektlari suvidagi ruxsat etilgan
konsentratsiyasidir. TRD (ta'sirning taxminiy ruxsat etilgan darajasi) vaqtinchalik
gigiyenik normativdir. Toksiklik bashoratining hisob-kitob va ekspress
eksperimental usullari asosida ishlab chiqiladi va 3 yillik muddatga belgilanadi,
muddat tugagandan so'ng u qayta ko'rib chiqiladi yoki REK o'zgartiriladi. REK
dan farqli tomoni, u mg/L da ifodalanadi;
Dostları ilə paylaş: