Toshkent 2020 yil


-TRK (taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiya)



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
-TRK (taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiya)
kimyoviy birikmaning 
tuproqdagi taxminiy ruxsat etilgan konsentratsiyasi - TRK hisoblash yo‗li bilan 
belgilanadigan vaqtinchalik me‘yor bo'lib, amal qilish muddati 3 yilga teng. Bu- 
me‘yorlar toksikologik bashoratining hisob-kitob va ekspress eksperimental 
usullari asosida ishlab chiqilmoqda.Muddat tugaganidan keyin ular qayta ko‗rib 
chiqilishi yoki REK o‗zgartirilishi kerak. 
Atmosfеra ifloslanishini mе'yorlash uchun sanoat va transportda 
ruxsat 
etilgan tashlamalar –RET 
mе'yorlari bеlgilanadi. Xar bir turg‘un manbalar uchun 
alohida RET mе'yorlari tasdiqlanadi. Ushbu mе'yorga amal qilish havo 
ifloslanishining REK darajasida bo‗lishini ta'minlaydi. 
REK va TRK tuproqning haydaladigan qatlamlari uchun belgilanadi va I kg 
tuproqqa nisbatan mg larda ifodalanadi (mg/kg).
Atmosfera havosida ifloslovchi moddaning ruxsat etilgan kontsentratsiyasi 
(REK)
-
uning butun umri davomida hozirgi va keyingi avlodlarga to‗g‘ridan-
to‗g‘ri yoki bilvosita nohush ta‘sir ko‗rsatmaydigan, Insonning mehnat qobiliyatini 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
154 
pasaytirmaydigan, uning ahvolini va turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarini 
yomonlashtirmaydigan kontsentratsiyasidir
. REK kattaliklari atmosfera havosi 
uchun 1 m
3
havodagi moddaning mg. dagi miqdori (mg/m
3
) bilan ifodalanadi. 
Ifloslovchi moddaning aholi turar joylari atmosfera havosidagi 
TTXD 
(ta‘sirning taxminiy xavfsizlik darajasi)
aholi turar joylari atmosfera havosidagi 
ifloslovchi moddaning eng yuqori ruxsat etiladigan miqdoriy me‘yoridir. TTXD 
(mg/m
3
) uch yil muddatga belgilanadi. Bu muddat tugaganidan so‗ng u qayta 
ko‗rib chiqishi yoki REK o‗zgartirilishi kerak. 
Ishchi zona havosi uchun REK 

har kungi 8 soatlik ishda va haftasiga 40 
soatdan oshmagan ishda (dam olish kunlaridan tashqari), butun mehnat staji 
davomida kasalliklar keltirib chiqarmaydigan va sog‘liqda o‗zgarishlarga sabab 
bo‗lmaydigan, ishlash jarayonida hozirgi va kelajak avlodlarning keyingi hayoti 
mobaynida zamonaviy tadqiqot usullari bilan aniqlanadigan kontsentratsiyadir. 
Zaharli moddalarning REK darajasidagi ta‘siri yuqori ta‘sirchan kishilarning 
salomatligida o‗zgarish bo‗lishini istisno etmaydi. Ishchi zonasi havosi uchun REK 
1 m
3
havodagi moddaning mg. miqdorida (mg/m
3
) ifodalanadi. 
Ifloslovchi moddaning ishchi zonasi atmosfera havosidagi 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin