Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Suyuq axlatlar
: Najas (axlat va siydik) 
suyuq axlatlar guruhiga kirib, u insonlarning 
normal fiziologik faoliyati natijasida organizmdan 
ajraladigan chiqindi. Organizmni shaxsiy gigiena 
qoidalarini saqlash maqsadida yuvinish, kir yuvish 
va boshqa faoliyat oqibatida paydo bo‗ladigan suyuq chiqindilar hojatxonalarda, 
kirxonalarda, yuvindi tashlanadigan o‗ralarda yig‘iladi. Kanalizatsiya tarmoqlari 
mavjud xonadonlarda – suyuq chiqindi axlatlar kanalizatsiya orqali oqiziladi. 
Hojatxonalar shaxsiy va jamoa hojatxonalariga bo‗linadi.
Hojatxonalar 
kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan yoki ulanmagan bo‗lishi mumkin. Hojatxonalar 
ichida sanitariya talablariga javob beradigan isitilgan hojatxonalar (lyuftklozetlar) 
dir. Ular binolarga taqab yaxshi qurilib joylashtirilsa, bino havosi, tuproq, yer osti 
suvlari-sizilgan suvlar bilan ifloslanmaydi. Bunday hojatxonalarni bir-ikki qavatli 
binolarga o‗rnatib qurish mumkin. Hojatxonani yil davomida 1-2 marotaba 
tozalash tavsiya qilinadi.
Kanalizatsiyasi bo‗lgan turar-joylarda sanitariya talablariga javob 
beradigani suvli hojatxonadir (vaterklozet),
bunday hojatxonalar 1810 yillarda 
Angliyada qurila boshlangan. Bunday hojatxonalar asosan o‗tirish tozi (Unitaz) va 
shu o‗tirish tozini yuvib tashlaydigan suv idish (baki) dan iborat. 
O‗tirish tozi farfordan, uni yuvish uchun suv idishi plastmassadan yoki 
farfordan ishlangan bo‗lishi mumkin. Unitaz (o‗tirish tozi) ni suv bilan yuvish 
uchun truba unitazga tushiriladi yoki oraliq suv idishi orqali ham unitazga ulanishi 
mumkin. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
163 
Turar joylarni obodonlashtirishning yana bir ko‗rsatkichi jamoa uchun 
qurilgan hojatxonalardir:
-Bunday hojatxonalar tashqi ko‗rinishi va ichki jihozlari bilan insonni bahri 
dilini ochadigan qilib qurilishi gigienik va estetik talablarga javob beradigan 
bo‗lishi kerak; 
-Hojatxonaning ichki tomonlari silliq kafel plitalari, poli esa metlaks plitalari 
devorlarida ko‗zgu oynalari bilan bezatiladi. 
-Maxsus vodoprovod jo‗mragi o‗rnatilishi, najas va siydikni yuvib 
yuboradigan moslamalarni bo‗lishi hojatxonalarni toza ushlashga imkon beradi; 
-Ularda kiymni yechib osadigan ilgaklar, oyoq kiyimlarini moylash uchun 
moslamalar va boshqa jizohlarni bo‗lishi aholining gigienik va sanitariya 
saviyasini oshirishga imkon beradi; 
-Odamlarning hojatini chiqarish uchun har bir korhona yoki tashkilotlarda 
aholining soniga qarab hojatxonalar qurilgan bo‗lishi darkor; 
- Odatda jamoa hojatxonalari obodonlashtirilgan xiyobon – bog‘larda, aholi 
ko‗p bo‗lgan ko‗chalarda, vokzallarda dengiz va daryo portlarida, bozorlarda, 
istirohat bog‘larida, stadion, cho‗milish plyajlarida va boshqa odamlar gavjum 
bo‗lgan joylarda qurilishi kerak; 
-Jamoa hojatxonalari katta-katta binolarning podval xonalarida, birinchi 
qavatlarida qurilishi ham mumkin; 
-Hojatxonalar isitilgan va etarli yorug‘lik bilan ta‘minlanishi kerak;
-Hojatxonalardan zararli havoni tortish uchun shamollatish moslamalari 
o‗rnatiladi, ular toza havoni tortib, iflos havoni hojatxonadan chiqarib yuborishga 
moslangan. Katta hojatxonalarga ikki-uch barobar toza havo tortilsa, besh 
barobar iflos havo chiqarib tashlanadi; 
-Hojatxona kabinalarining maydoni 2,75 m
2
 bo‗lib har bir pissuar uchun 1,5 
m
2
joy ajratiladi. Xonalarning eshiklari poldan 15 sm balandlikda turadi. Jamoa 
hojatxonalarining atroflari obodonlashtiriladi va ko‗kalamzorlashtiriladi. Agar 
hojatxona yer yuzasidan chuqurroq qilib joylantirilsa, u holda uning tashqi tom 
maydoniga turli gullar ekilib, gulzorga o‗xshatiladi; 
-Hojatxonalarning tozaligini ta‘minlash maqsadida mahsus ishchilar ishga 
qabul qilinadi. Keyingi vaqtda juda ko‗p jamoa hojatxonalari ijaraga olinib, kirish 
pullik qilindi. Bundan hojatxonalar zamonaviy, gigienik talabga javob beradigan 
hojatxonalarga aylandi. Ular toza, yorug‘ bo‗lishi, kiyim-kechaklarni changdan 
tozalash uchun shyotka, oyoq kiyimlarni moylash uchun moy va maxsus 
shyotkalar, soqol olish uchun sharoitlar va boshqa xizmatlar yo‗lga qo‗yilishi 
lozimdir; 
-Kanalizatsiya shoxobchalari bo‗lmagan aholi turar-joylar va tashkilotlarda
suyuq axlatlarni assenizatsion avtomobil (gavnovoz) larda tashqi muhitni 
ifloslantirmay olib chiqib ketiladi. Suyuq axlatlarni olib chiqib ketish uchun 
mo‗ljallangan assenizatsion mashinalarning hajmi 2,5-4 m
3
ga teng. Ular tez,
tinmay sutka davomida ishlasalar, aholiga ancha qulaylik tug‘iladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
164 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin