Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
166
assenizatsiya shudgorlarini tashkil qilish tavsiya qilinadi. Asssinzatsiya
shudgorlardan issiq iqlimli mintaqalarda keng foydalanish mumkin. Jumlalan,
O‗rta Osiyo respublikalari, Kavkaz, Moldava, Ukraina va Qozog‘istonning janubiy
rayonlarida najas suyuqlik axlatlarini zararsizlantirish ishlarini keng rivojlantirish
mumkin.
Assenizatsiya shudgorlari og‘ir tuproqlarda, yer osti suvlari yaqin joylashgan
tuproqlarda, botqoqlik joylarda tashkil qilinmaydi. Buning sababi shuki, bunday
tuproqlarda o‗z-o‗zini tozalash jarayonining pastligi sababli, najasni zararsiz
holatga keltira olmaydi, organik moddalarning mineral tuzlarga aylanishi juda
qiyni kechadi, shuningdek, yer osti suvlarining ifloslanish xavfi ortib ketadi.
Assenizatsiya shudgorlari aholi turar joylaridan anchagina uzoqroqda, ya‘ni
1000 metr(sanitar himoya zonasi)li masofada tashkil qilinishi shart, ammo
assenizatsiya maydonlari shamol oqimi paydo bo‗ladigan qo‗lansa hidlarni, aholi
turar joylardan olib ketadigan tomonga quriladi, aks holda aholi turar joylarini
nohush hidlar bilan zararlashi natijasida shikoyatlar bo‗lishiga olib keladi.
Assenizatsiya shudgorlarini tekis yerlarda tashkil qilish tavsiya qilinadi, aks holda
qiya joylarga tashlangan suyuq chiqindilar pastga oqib ketib ko‗p joylarni
ifloslantirishi mumkin. Zararsizlantirish shudgorlari tashkil qilinganda ularni
obodonlashtirish ko‗zda tutiladi, ya‘ni maydonlar uchast- kalarga bo‗linib, tuproq
bilan ular atrofida balandligi 25-30 sm devorlar ko‗tariladi; bir uchastkadan
ikkinchisiga axlatlar quyilganda o‗tib ketolmaydi, so‗ngra bu maydonlarga bemalol
kirib-chiqish uchun avtomobilg‘ yo‗llari qurish ko‗zda tutiladi, shudgor atroflariga
daraxtlar ekilib ko‗kalamzorlashtiriladi.
Bunday shudgorlarda almashlab ekish uchun bir qancha uchastka bo‗linmalari
tashkil qilinadi. Uchastkalar asosan ikkita bo‗linmalarga bo‗linadi, jumladan qish
va yoz fasllarida axlatlarni to‗kish mo‗ljallaniladi. Har bir uchastka bo‗lak-bo‗lak
haydalgan maydonlarga bo‗linadi, bu maydonlarga axlatlar galma-galdan quyilishi
maqsadga muvofiqdir.
Assenizatsiya maydonlari oldida ishchilar uchun maxsus qurilgan uylar – dam
olish, yuvinsh, asbob-uskunalarni saqlaydigan xo‗jalik va ovqatlanish xonalari
bo‗lmog‘i kerak. Bir maydonchada vodoprovod kolonkasi o‗rnatilib, ular
bo‗shalgan
asseinzatsiya
avtomobillarini
yuvish
uchun
mo‗ljallanadi.
Assenizatsiya mashinalari axlatdan bo‗shaganidan so‗ng rezina shlanglar
yordamida bosim bilan tozalashlari kerak. Bunday maydonlarda ishlatiladigan
suvlar-ichimlik suvlari bo‗lmasa yanada maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
Dostları ilə paylaş: