Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
167
yana haydaladi. Shunday qilib, yoz fasli uchun mo‗ljallangan yerlarga 2-3
marotabagaca axlat to‗kish maqsadga muvofiq. Axlat to‗kilishi vaqti 1 -1,5 oyga
to‗g‘ri keladi. Oxirgi marotaba quyilgan axlat qurigandan so‗ng yer yana qaydalib
keyingi bahor fasligacha qoldiriladi.
Qishki faslga mo‗ljallangan maydonlarga faqat 10 m
2
maydonga 1-2 m
3
axlat
bir martagina quyiladi va qishga qoldiriladi, qishda axlat muzlab, bahorda
erigandan so‗ng yer haydaladi.
O‗tkazilgan tajribalar shuni ko‗rsatdiki, bir gektar erga quyiladigan axlat
me‘yori yil davomida 1000 m
3
dan oshmasligi kerak. Mabodo tuproqda o‗z-o‗zini
tozalash jarayoni shu me‘yorda qiyin ahvolda qolsa, bir gektarga axlat miqdorini
500 m
3
ga kamaytirish mumkin, aksincha bo‗lsa 1000 dan 2000 m
3
ga ko‗paytirish
mumkin.
Endi almashlab ekish masalasiga kelsak, eng qisqa vaqt uch yil, ya‘ni yer
maydoniga har uch yilda bir marotaba suyuq axlat solinadi, so‗ngra yer haydalib
bahorgacha ekin ekiladigan davrgacha qoldiriladi. Bahor boshlanishi bilan yerga
xo‗l holatda iste‘mol qilinmaydigan ekinlar ekiladi.
Dostları ilə paylaş: