Toshkent 2020 yil


Aholi turar joylarida kanalizatsiya shoxobchalarining sanitariya holatini



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Aholi turar joylarida kanalizatsiya shoxobchalarining sanitariya holatini 
yaxshilash va uning epidemiyaning oldini olishdagi ahamiyati.
 
Kanalizatsiya 
tarmoqlari va kanallari yer ostida joylashgan bo‗lib, chiqindi iflos suvlarni, 
insonning fiziologik ajralmalari (siydik, najas)ni, xo‗jalik chiqindi suvlarini aholi 
turar joylardan shahar tashqarisiga, tozalash inshootlariga oqizib uzatadigan turli 
katta-kichik 
diametrli 
quvurli 
shoxobchalardan 
iborat. 
Kanalizatsiya 
shoxobchalarining bo‗lishi turar joylarni, tuproqlarni turli suyuq axlatlardan xoli 
qilib ifloslanishdan ozod qiladi, xonadonlardan najas, siydik va boshqa chiqindilar 
tezlikda quvurlar yordamida oqiziladi va tozalash inshootlariga yuboriladi. 
Kanalizatsiya ichki va tashqi bo‗linmalarga bo‗linadi
.
-
Ichki kanalizatsiya
ga uy xonalaridagi asbob va anjomlar ya‘ni, najas va 
suyuq chiqindilarni qabul qiluvchi hojatxona va oshxonaga qurilgan oshxona 
chanog‘i (rakovina), unitaz (o‗tirish tosi) na boshqalar kiradi.
-
Tashqi kanalizatsiya
ga aholi turar joylaridagi quvur tarmoqlari va tozalash 
inshootlari kiradi. Turar joylarda kanalizatsiya shoxobchalarining bo‗lishi jamoa va 
shaxsiy gigiena talablarini qondiradi, so‗ngra shu maqsad uchun kerakli bo‗lgan 
suv miqdorining etarli bo‗lishini aniqlaydi. 
Shaharlarda kanalizatsiya tarmoqlarining bo‗lishi kasalliklarning va o‗limning 
kamayishiga imkon tug‘diradi, ayniqsa oshqozon-ichak yuqumli kasalligini keskin 
kamayishiga olib keladi. Kanalizatsiya yordamida turar joylardan iflos 
chiqindilarni 
olib 
chiqib 
ketish 
avtotsisternalar, 
assenatsiya 
mashinalari(gavnovoz)da suyuq chiqindilarni olib chiqib ketishdan ancha arzondir. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
170 
Masalan, kanalizatsiya shoxobchalari orqali chiqarilgan 1 m
3
chiqindi uchun tiyin 
xarajat qilinsa, boshqa usullar bilan chiqariladigan 1 m

chiqindilar uchun so‗mlar 
xarajat qilinadi. Hozirgi vaqtda hamma shaharlarda kanalizatsiya tarmoqlarining 
rivoji uchun harakat qilinmoqda. Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‗lishi xalq 
hayotining, uning madaniyatining ancha yuqoriligidan darak beradi. Kanalizatsiya 
shoxobchalarini qurilishi boshqa kommunal inshootlarning qurilishiga ham 
bog‘liq. Hozirda shaharlarning yangisini yoki eskisini qayta tiklashni kanalizatsiya 
shoxobchalarisiz tassavvur qilib bo‗lmaydi. Ammo shuni aytish kerakki, shahar 
kanalizatsiyasi shahar vodoprovod taraqqiyotiga juda bog‘liqdir. Odamlar 
tomonidan xonadonlarda suvni ko‗proq iste‘mol qilish ham kanalizatsiya 
shoxobchalarining taraqqiyotiga bog‘liqdir. 
Shaharlarni loyihalashtirishda kanalizatsiya tarmoqlari har tomonlama 
hisobga olinadi va ko‗cha magistral kanalizatsiya quvurlari yerning qiya tomoniga 
yotqiziladi. Unda chiqindi suvlar o‗z holicha oqiziladi, kerak bo‗lgan joylarda 
nasoslar ishlatiladi. Kanalizatsiya shoxobchalari loyihalashtirilayotgan vaqtda 
albatta shahar aholisining kelajakdagi o‗sishi hisobga olinib yotqiziladigan 
quvurlarning diametri hosil bo‗ladigan iflos chiqindilarni sig‘dirishi hisobga 
olinishi zarur, aks holda kanalizatsiya tarmoqlarini qaytadan qurishga to‗g‘ri keladi 
va bu albatta juda kata harajatlarga sabab bo‗ladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin