Toshkent 2020 yil


XV.5. O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 21 aprеldagi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
XV.5. O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 21 aprеldagi 
―2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga 
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‘risida‖gi 
PQ–2916-sonli 
qaroriga 
Sharx
60

Keyingi 
yillarda 
mamlakatimizda aholi punktlarining sanitariya jihatdan tozaligini yaxshilash 
bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 3 dekabrdagi ―Respublika aholi punktlarida sanitariya 
jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 315-sonli qarorini amalga oshirish doirasida 2014 — 2016 yillarda 
shaharlarimizda qo‗shimcha ravishda shu yo‗nalishga ixtisoslashtirilgan 41 ta 
tashkilot hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalarida maishiy chiqindilardan 
tozalash bo‗yicha 157 ta xo‗jalik hisobidagi uchastka tashkil etildi. 
2014 — 2016 yillarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus 
texnikalar bilan ta‘minlash dasturlari amalga oshirildi. Ana shu dasturlar doirasida 
1427 ta texnika vositasi xarid qilingan bo‗lsa, ularning 990 tasi maishiy 
chiqindilarni tashib ketadigan avtotransportlardir. 
Respublikamiz shahar va tuman markazlaridagi turar joy mavzelarida 
tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 14 mingdan ortiq chiqindi to‗plash 
punkti tashkil etildi va 10 mingdan ziyod konteyner o‗rnatildi. 
Kompleks tadbirlar va dasturlarni amalga oshirishga davlat byudjetidan 343,1 
milliard so‗m yo‗naltirildi va tijorat banklarining 20 milliard so‗mlik imtiyozli 
kreditlari jalb etildi. 
Iste‘molchilarga sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari ko‗rsatish bo‗yicha 
normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. Hukumat qarorlari asosida maishiy 
chiqindilarni to‗plash va tashib ketish xizmatlari ko‗rsatish qoidalari, sanitariya 
jihatidan 
tozalashga 
ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar 
va 
obodonlashtirish 
boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‗yicha xizmatlar 
ko‗rsatadigan uchastka xodimlari mehnatiga haq to‗lash hamda ularni moddiy 
rag‗batlantirish tartibi to‗g‗risida nizom va boshqa bir qator normativ hujjatlar 
tasdiqlandi. 
Shu bilan birga, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish va 
ulardan foydalanish sohasida xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish 
borasida hali hal etilmagan qator muammolar mavjudligidan ko‗z yumib 
bo‗lmaydi. 
Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish ishlarini tashkil etish masalasi, 
avvalo, bunday chiqindilarni to‗plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash 
bo‗yicha aniq va amaliy tizimni yo‗lga qo‗yishni talab etadi. Hozirgi vaqtda 
chiqindilar to‗planadigan mavjud poligonlar sanitariya qoidalari, normalari va 
60
O‘zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 18-son, 318-modda, 37-son, 982-
modda. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
248 
gigiena me‘yorlariga to‗liq javob bermaydi. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz 
ravishda to‗planadigan punktlar hamon saqlanib qolmoqda va ular tutash 
hududlarning 
sanitariya-epidemiologiya 
holatini 
yomonlashtirib, 
yuqumli 
kasalliklar paydo bo‗lishi hamda tarqalishiga sharoit yaratmoqda. 
Bu boradagi eng muhim vazifa va muammolar inobatga olingan holda qabul 
qilingan Prezident qarori mamlakatimiz tuman va shaharlarining sanitariya-
epidemiologiya holatini yaxshilash, 2017 — 2021 yillarda chiqindi bilan bog‗liq 
vazifalarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirishni 
yanada kuchaytirishga qaratilgan. 
Jumladan, mazkur qaror bilan quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda: 
2017 — 2021 yillarda chiqindilarni to‗plash, saqlash, utilizatsiya qilish va 
qayta ishlash tizimini takomillashtirish tadbirlari; 
2017 yilda mamlakatimiz shaharlaridagi sanitariya jihatidan tozalashga 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 237 ta 
maxsus texnika xarid qilish, 94 ta garaj qurish, qattiq maishiy chiqindilar uchun 
168 ta elak qurilmalari o‗rnatish reja ko‗rsatkichlari; 
Toshkent, Samarqand, Andijon va Namangan shaharlarida yirik loyihalarni 
amalga oshirishni o‗z ichiga olgan, 2017 — 2021 yillarda xalqaro moliya 
tashkilotlarining 161 million AQSH dollaridan ortiq mablag‗larini jalb etgan holda 
shaharlarda chiqindilarni to‗plash, tashib ketish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash 
tizimini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‗yxati; 
114 ming pogono metr to‗siq, 152 ta sanitariya uzeli, 158 ta maishiy xona, 
163 ta avtomobillarni yuvish joyi, 269 kilometr elektr ta‘minoti tarmoqlari, 166 ta 
texnik suv ta‘minoti qudug‗i hamda 240 kilometr asfaltlangan kirish yo‗llarini 
qurish orqali qattiq maishiy chiqindilar to‗planadigan 168 ta poligonni 
obodonlashtirish manzilli dasturi; 
2017-2018 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan 
texnologiyalarni joriy etish prognoz ko‗rsatkichlari, jumladan, kelgusi ikki yilda 
Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida chiqindilarni qayta ishlash 
korxonalarini qurish ko‗zda tutilib, mazkur loyihalarga 27 million AQSH 
dollaridan ziyod mablag‗ yo‗naltirildi. 
Ana shu kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali aholining keng 
qatlamlari uchun yanada qulay ijtimoiy sharoitlar yaratiladi. 
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va mazkur dasturlar amalga 
oshirilishini nazorat qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‗yicha tezkor chora-
tadbirlar ko‗rish maqsadida Respublika komissiyasi tashkil etildi. 
2017 — 2021 yillarga mo‗ljallangan dasturni moliyalashtirish uchun 1 trillion 
so‗mdan ziyod mablag‗ yo‗naltiriladi. 
Mazkur qarorning amalga oshirilishi tufayli quyidagi muhim natijalarga 
erishiladi: 
Birinchidan, aholiga qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va poligonlarda 
utilizatsiya qilish xizmatlari ko‗rsatish bo‗yicha yaxlit tizim tashkil etish ishlari 
nihoyasiga etkaziladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
249 
Ikkinchidan, sanitariya jihatidan tozalash ishlariga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar va Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlardagi ―Toza hudud‖
davlat unitar korxonalari filiallari maxsus texnikalar (chiqindi tashish va 
assenizatsiya mashinalari) hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun elektromexanik 
elak qurilmalar bilan to‗liq ta‘minlanadi. 
Uchinchidan, qattiq maishiy chiqindilarni organik o‗g‗itlarga aylantirish 
uchun birlamchi qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, qattiq maishiy 
chiqindilarni qayta ishlash bo‗yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga 
erishiladi. 
To‗rtinchidan, aholini qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari 
bilan qamrab olish darajasi 2021 yilgacha mamlakatimiz bo‗yicha 63 %dan 93 
%ga o‗sadi. 
Muxtasar aytganda, ―2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‗liq 
ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorning qabul qilinishi yurtimizda ekologiya va 
sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar 
va qishloqlarimizning yanada obod va ko‗rkam qiyofa kasb etishi yo‗lidagi ulkan 
amaliy qadamdir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin