Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
243
turlari va miqdorini kamaytirish.
XV.3. Energetika sanoatida hosil bo‗layotgan chiqindilar va ularni
bartaraf etish chora-tadbirlari.
Jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya
resurslariga bo‗lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois inson va tabiat
o‗rtasidagi muvozanatni ta‘minlash va barqaror rivoj lanishga erishishda tabiiy
resurslarni tejash, qayta tiklanuvchi, ekologik sof energiya manbalaridan
foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Shunga ko‗ra, O‗zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi
huzuridagi ―Ekoenergiya‖ ilmiy–tadqiqot markazi hamda O‗zbekiston Ekologik
harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan uyushma muqobil yoqilg‘i va energiya
manbalaridan foydalanishni muvofiqlashtirish hamda korxonalarda chiqindisiz
texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish bo‗yicha faoliyat olib bormoqdalar.
Ushbu darsimizda Mamlakatimizda elektroenergetikaning etakchi tarmog‘i
bo‗lgan Issiqlik elektrostantsiyasi (IES) da
chiqindisiz texnologik jarayonni hosil
qilishni ko‗rib chiqamiz. Ma‘lumki, 70%
elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik
elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Shu bilan bir vaqtda ularda hosil
bo‗layotgan
chiqindilar
atrof-muhitga
tashlanayotgan chiqindilarning 29% ini
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: