XVI.2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari .
O'zbekiston Respublikasi o'z
mustaqilligini e‘lon qilgunga qadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
252
resurslardan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan qonun va me‘yoriy hujjatlarga
sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir
necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo'lib, tabiatni muhofaza qilish
tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funktsiyalarini
takrorlashar, kuch va mablag'lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni
muhofaza
qilish
ishlarining
samaradorligi
pasayib
ketdi.
O'zbekiston
Respublikasining mustaqillikka erishishi va respublikaning ijtimoiy yo'naltirilgan
bozor munosabatlariga o'tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishni boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar
va me‘yorlar ham tubdan o'zgardi.
O 'zbekiston Respublikasi hududida atrof-m uhit muhofazasini tashkil etish
Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza
qilish Davlat qo'mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari
tom onidan amalga oshiriladi. Jumladan,
O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: • Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;
• Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy
resurslar zaxiralarini tasdiqlash;
• Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini
olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
• Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini
amalga oshirish;
• Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-m uhitni ifloslantirganlik,
chiqindilar, zararli ta ‘sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq
to'lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilami
joylashtirish, chiqindilami joylashtirish limitlarini belgilash;
• Ekologiik ta‘lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini
ta‘minlash;
• Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlaming chegaralarini va
xo'jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
• Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo
munosabatlami rivojlantirish.