Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
84
Moddalar aylanishi va organizmlarning ekotizimdagi hayoti, doimiy ravishda
ularni ta‘minlanib turadigan energiya oqimiga bog‗liq. Yerdagi butun hayot
quyosh nurlari energiyasi yordamida davom etadi. Bunda fotosintez yordamida
organik birikmalarning kimyoviy bog‗lanishlari hosil bo‗ladi.
Jamoalardagi ozuqa zanjiri
bu -energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga
berilish ketma—ketligidir. ―O‗simlik-xashorat-baqa-ilon-kalxat‖ ozuqa zanjirida
birinchi bo‗g‗indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Ekotizimlar oziq
to‗rlari orqali o‗zaro bog‗langandir.
Konsumentlar tomonidan qabul qilingan ozuqalar to‗liq o‗zlashtirilmaydi va
uning ma‘lum bir qismi tashqi muhitga qaytariladi. Hayvonlarda ozuqa
moddalarning o‗zlashtirilishi 30% dan 70% gachani tashkil qiladi. Energiyaning
ko‗p qismi nafas olishga sarflanadi. Qabul qilingan ozuqaning oz qismi
organizmlarning o‗sishiga sarflanadi.
Ekotizimning hayoti faqat energiya oqimiga bog‗liq bo‗lib, u quyosh nuri
yoki tayyor organik moddalar hisobiga
ta‘minlanadi.
Fotosintez
qiluvchi
organizmlardan
boshlanuvchi ozuqa zanjiri
yeyilish zanjiri
deyiladi. O‗lik hayvonlar va o‗simliklarning
qoldiqlaridan
boshlanadigan
zanjir
esa
parchalanish zanjiri
deyiladi.
Ekotizimlardagi
konsumentlarga
energiya
oqimi
o‗simliklarning
tirik
to‗qimalari yoki o‗lik organik moddalar
zahirasi orqali kiradi.
O‗lik organik moddalar asosini ham
fotosintez tashkil qiladi. O‗rmonlarda har yili
o‗sayotgan o‗simliklar massasining 90%
barglarining qurishi natijasida parchalanish
zanjiriga tushadi.
Dostları ilə paylaş: