Toshkent 2020 yil


V.N. Beklemishev klassifikatsiyasiga ko‗ra o‗zaro bevosita va bilvosita



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
V.N. Beklemishev klassifikatsiyasiga ko‗ra o‗zaro bevosita va bilvosita 
bog‘langan organizmlar orasidagi munosabatlar 4 ta tipga (IV.1.2-rasm) 
bo‗linadi. 
 
 
Trofik bog‘lanishlar
bir tur ikkinchi tur bilan oziqlansa (bu tirik yoki o‗lik 
organizmlar qoldig‘i bo‗lishi mumkin), hayoti davomida shu yo‗l bilan
tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. Masalan: ninachilar har 
xil hashoratlar bilan ovqatlanadi, asalarilar o‗simliklarning gullaridan nektar oladi, 
(ular o‗simliklar bilan bevosita munosabatda bo‗ladi), chunki o‗simliklar 
asalarilariga ovqat tayyorlab beradi. 
 
Topik bog‘lanishlar
–bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash 
sharoitida kelib chiqadigan fizikaviy va kimyoviy o‗zgarishlarga sababchi bo‗ladi, 
Masalan: o‗simliklar boshqa organizmlarga ularning hayot muhitini o‗zgartishi 
orqali ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗simliklar jamoasi yer yuzida issiqlikning taqsimlanishi va mikroiqlim 
shakllanishida muhim rol o‗ynaydi. 
Topik va trofik bog‘lanishlar biotsenoz hayotida katta rolь o‗ynaydi va 
biotsenoz hayotining asosini tashkil qiladi. Har xil organizmlar orasidagi 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
83 
bog‘lanishlar mana shu topik va trofik bog‘lanishlar orqali amalga oshadi va 
organizmlarning jamoada bog‘lanishiga sabab bo‗ladi. 
 
Forik bog‘lanishlar
–bir turning tarqalishida boshqa bir turning 
qatnashuvidir. Bunda asosiy rolni hayvonlar o‗ynaydi. Hayvonlar yordamida 
o‗simliklarning urug‘lari, sporalari va changlari tarqaladi. 
Hayvonlar o‗simliklar urug‘larini passiv va aktiv yo‗llar orqali tarqatishi 
mumkin. Passiv yo‗l orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning to‗satdan 
o‗simliklarga tegib ketishi va ularning urug‘larini o‗ziga yopishtirib olib beixtiyor 
tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan 
tukchali urug‘larning uzoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo‗ladi. 
Aktiv yo‗l bilan tarqatish –bu o‗simlik urug‘lari va mevalarning hayvonlar 
tomonidan eyilishi, hazm bo‗lmagan urug‘larning chiqarishidir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin