Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
 
 IV.1.1-jadval 
Ekologik yondashishda quyidagilar o‗rganiladi: 

Populyatsiyaning ekologik strukturasini maxsus o‗rganish; 

Populyatsiyalarning tur ichidagi bir-biroviga bog‘liqligi va ta‘sirini 
o‗rganish; 

Muhit o‗zgarishiga bog‘liq, makon va zamonda populyatsiyadagi 
genotipik tarkibining o‗zgarishini o‗rganish. 
Populyatsiyalar ekologiyasi kam uchraydigan va yo‗qolib ketayotgan turlarni 
qo‗riqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Atrof - muhitdagi ko‗p hayvon va 
o‗simliklar tartibsiz iste‘mol qilinishi natijasida yo‗qolib ketadi. Uni tiklash 
choralari populyatsion ekologiyaning vazifalari qatoriga kiradi. Buning uchun 
populyatsiyalarni tabiiy sharoitda o‗rganish kerak, masalani o‗rganishda va hal 
qilishda matematik – statistik usullari katta rol o‗ynaydi. Populyatsiya to‗g‘risida 
ayrim omillar orqali munozara qilinadi. Populyatsiyalar esa doimiy o‗zgarishda 
bo‗ladi. Populyatsiya tarkibi uning zamon va makonda tarqalishi to‗g‘risida 
ma‘lumotlar dispersiya orqali aniqlanadi. Vaqt ichidagi o‗zgarishlar esa 
populyatsiyalar sonining o‗zgarishida bilinadi. Populyatsiyalar ekologiyasida 
o‗sish tezligi, populyatsiya sonining o‗zgarishi kabilarning matematik modellari 
ishlatiladi. Bu modellarni tuzish, yashovchanlik va o‗lish terminlari bilan bog‘liq. 
 
Populyatsiyalar dinamikasi: 
Populyatsiyalar ekologiyasi zararkunan- 
dalarning ko‗payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash yo‗llarini ishlab 
chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o‗rganadi. Populyatsiyadagi 
organizmlar sonining dinamikasi uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib 
borib, uning tashqi muhit omillariga bog‘liqligi aniqlanadi.
 
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti
– populyatsiyaning tuzilishi, 
dinamikasini, yoshi va jinsini o‗rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va 
ko‗payish xarakterini ko‗rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi 
bo‗lib, o‗lish bilan ko‗payish o‗rtasidagi nisbatan belgilaydi. 
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o‗zini son jihatidan idora 
etishdir. Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi 
populyatsiyaning 
gomeostazi 
deyiladi 
(bu haqida keying bo‗limda to‗xtalib 
o‗tamiz)
. Ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki populyatsiya guruhiy birlashma hisoblanadi. 
Individlar o‗rtasida aloqalar bo‗lishi bilan birga, ularning yashab turgan joylari 
bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, populyatsiya uchun o‗ziga xos 
xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
80 
populyatsiyaning soni, zichligi, tug‘ilishi, o‗lishi, populyatsiyaning o‗sishi, o‗sish 
sur‘ati, biotik potentsiali va boshqalar

Individlarning ma‘lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‗yicha nisbatlari
morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini 
ifodalaydi. 
Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi, o‗zaro chatishadigan 
avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalar (poda, koloniya va 
boshqalar) ga mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar 
tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki 
ma‘lum hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy 
to‗siqlarni engib o‗ta olish kabi biologik 
xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy 
emas. Populyatsiyalar ichida organizmning 
o‗sishi, tuzilishi va boshqa ko‗pgina 
sabablarga ko‗ra, ya‘ni tashqi muhitning 
o‗zgarishi, dushmanlar sonining o‗zgarishi 
kabi qator omillarga bog‘liq holda o‗zgarishi 
orqali vujudga keldi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli 
yosh va guruhlardagi erkak va urg‘ochi 
individlarning soni orqali ifodalanadigan 
nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning 
qo‗shilishiga, ya‘ni genetik qonuniyatlarga bog‘liq. Ikkinchidan, unga ma‘lum 
darajada tashqi muhit xam ta‘sir etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi 
uchun urg‘ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar 
populyatsiyasining potentsial o‗sishi, o‗smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 
yoshgacha bo‗lgan ayollar hisobiga to‗g‘ri keladi. 
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo‗lishi va jinslar nisbati amaliy 
ahamiyatga ega. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo‗lishi 
darajasi va nasllar qoldirishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U 
aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga 
bog‘liq bo‗ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. 
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi 
bo‗lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda 
kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun 
populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo‗lib xizmat qiladi. U monitoring 
vositasi hamdir, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. 
Populyatsiyalarni muhofaza qilish orqaligina o‗simlik va hayvon turlarini saqlab 
qolish mumkin.
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta‘sirida tabiiy o‗simliklar jamoasida ba‘zi 
bir ko‗p iste‘mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o‗simliklarining 
populyatsiyalaridagi organizmlar, me‘yoridan ortiq foydalanish natijasida yo‗qolib 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin