Xususiy kapital va uning o‘zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va oxiridaga o‘zgarishlariga va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning o‘zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo‘yicha alohida o‘rganiladi.
Xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarga: ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoyasi, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralarining o‘zgarishi ta’sir etadi. Jumladan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan bog‘liq jarayonlar ustav va qo‘shilgan sarmoyaning o‘zgarishiga; uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash rezerv kapitali o‘zgarishiga; ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari qo‘shilgan kapital o‘zgarishiga; rezerv kapitaliga ajratmalar rezerv kapitali va taqsimlanmagan foyda o‘zgarishlariga; joriy yilning taqsimlanmagan foydasi jamlangan, taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishiga; tekinga olingan mol-mulk rezerv kapitali o‘zgarishiga; hisoblangan dividendlar taqsimlanmagan foyda o‘zgarishiga ta’sir etadi. Xususiy kapitalning shakllanishini yuqorida keltirilgan manbalaridan tashqari boshqa manbalari barcha tarkibiy birliklarni o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlili
Xususiy kapitalining ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)
+213 818
-
+2 383 571
-284 293
-
+65 341
+2 378 439
Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 439 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav kapitalining oshirilishi (213 818 mln so‘m), rezerv kapitali hisobiga (2 383 571 mln so‘m) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (65 341 mln so‘m) ro‘y bergan. Jamiyatning xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich rezerv kapitali hisobiga to‘g‘ri keladi va uning qiymati davr boshida 5 737 851 mln so‘mni davr oxirida 8 121 423 mln so‘mni tashkil etgan. Rezerv kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 74.1 %, 80.2 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 6.1 % ga ortgan.
1 Ўзбекистон темир йўллари АЖ устави (янги таҳрири) 2017 йил 23-октябр-22-сон, №-397778 27.10.2017