Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi:
Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi:
• aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan to‘lovlar amalga oshirilishida;
• aniq bir sug‘urtalangan obyekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon bo‘lish obyektiga ega;
• sug‘urtaga qabul qilingan obyektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi sifatida.
Risk sug‘urtada obyekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi.
Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi, favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi.
Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud:
Ø risklar xavf soluvchi obyektlar sinflari;
Ø riskni yuzaga kelish sabablari;
Ø risklarga ta’sir etish imkoniyati.
Risk obyektlarining kompleks sinflari:
ü ishchi kuchi;
ü mol-mulk;
ü sarmoya;
ü axborot.
Riskka ta’sir etish imkoniyati bo‘yicha:
Riskka ta’sir etish imkoniyati bo‘yicha:
ü ekzogen (tashqi) risklar, ularga ta’sir etish qaror qabul qiluvchi shaxs ta’siri ostiga tushmaydi va risklarni amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni, oqibatlarini kamayishi bilan cheklanadi;
ü endogen (ichki) risklar, qaror qabul qiluvchi shaxs ta’sir doirasida bo‘ladi, qaysiki ular uchun risklarni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi va ayrim hollarda butunlay bo‘lmaydi.
Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar, toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks ettirilgan.
Ehtimolli natijasi (riskli hodisa) bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).
Spekulyativ risklar – ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.