Тоshkеnт ахborot техnоlоgiyаlari univеrsiтетi


for TAKRORLASH STRUKTURASI



Yüklə 418 Kb.
səhifə10/42
tarix17.10.2023
ölçüsü418 Kb.
#156478
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
С РАХМ

for TAKRORLASH STRUKTURASI
for strukturasi sanovchi (counter) bilan bajariladigan takrorlashni bajaradi.Boshqa takrorlash bloklarida (while, do/while) takrorlash sonini control qilish uchun ham sanovchini qo'llasa bo'lardi, bu holda takrorlanish sonini o'ldindan bilsa bo'lardi, ham boshqa bir holatning vujudga kelish-kelmasligi orqali boshqarish mumkin edi. Ikkinchi holda ehtimol miqdori katta bo'ladi. Masalan qo'llanuvchi belgilangan sonni kiritmaguncha takrorlashni bajarish kerak bo'lsa biz while li ifodalar-ni ishlatamiz. for da esa sanovchi ifodaning qiymati oshirilib (kamaytirilib) borilvuradi, va chegaraviy qiymatni olganda takrorlanish tugatiladi. for ifodasidan keyingi bitta ifoda qaytariladi. Agar bir necha ifoda takrorlanishi kerak bo'lsa, ifodalar bloki {} qavs ichiga olinadi.
//Ekranda o'zgaruvching qiymatini yozuvchi dastur, for ni ishlatadi.
# include
int main()
{
for (int i = 0; i < 5; i++){
cout << i << endl;
}
return (0);
}
Ekranda:
0
1
2
3
4
for strukturasi uch qismdan iboratdir. Ular nuqtavergul bilan bir-biridan ajratiladi. for ning ko'rinishi:
for( 1. qism ; 2. qism ; 3. qism ){
takror etiladigan blok
}
1. qism - e'lon va initsalizatsiya.
2. qism - shartni tekshirish (oz'garuvchini chegaraviy
qiymat bilan solishtirish).
3.qism - o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish.
Qismlarning bajarilish ketma-ketligi quyidagichadir:
Boshida 1. qism bajariladi (faqat bir marta), keyin
2. qismdagi shart tekshiriladi va agar u true bo'lsa takrorlanish bloki ijro ko'radi, va eng ohirda 3. qismda o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, keyin yana ikkinchi qismga
o'tiladi. for strukturamizni while struktura bilan almashtirib ko'raylik:
for (int i = 0; i < 10 ; i++)
cout << "Hello!"<< endl;
Ekranga 10 marta Hello! so'zi bosib chiqariladi. I o'zgaruvchisi 0 dan 9 gacha o'zgaradi. i 10 ga teng bo'lganda esa i < 10 sharti noto'g'ri (false) bo'lib chiqadi va for strukturasi nihoyasiga yetadi. Buni while bilan yozsak:
int i = 0;
while ( i<10 ){
cout << "Hello!" << endl;
i++;
}
Endi for ni tashkil etuvchi uchta qismninig har birini alohida ko'rib chiqsak.Birinchi qismda asosan takrorlashni boshqaradigan sanovchi (counter)o'zgaruvchi-
lar e'lon qilinadi va ularga boshlangich qiymatlar beriladi (initsalizatsiya). Yuqoridagi dastur misolida buni int i = 0; deb berganmiz. Ushbu qismda bir necha o'zgaruvchilarni e'lon qilishimiz mumkin, ular vergul bilan ajratilinadi. Ayni shu kabi uchinchi qismda ham bir nechta o'zgaruvchilarning qiyma-tini o'zgartirishimiz mumkin. Undan tashqari birinchi qismda for dan oldin e'lon qilingan o'zgaruvchilarni qo'llasak bo'ladi.
Masalan:
int k = 10;
int l;
for (int m = 2, l = 0 ; k <= 30 ; k++, l++, ++m) {
cout << k + m + l;
}
Albatta bu ancha sun'iy misol, lekin u bizga for ifodasining naqadar moslashuvchanligi ko'rsatadi. for ning qismlari tushurib qoldirilishi mumkin.
Masalan:
for(;;) {}
ifodasi cheksiz marta qaytariladi. Bu for dan chiqish uchun break operatorini beramiz. Yoki agar sanovchi sonni takrorlanish bloki ichida o'zgartirsak,for ning 3. qismi kerak emas. Misol:
for(int g = 0; g < 10; ){
cout << g;
g++;
}
Yana qo'shimcha misollar beraylik.
for (int y = 100; y >= 0; y-=5){
...
ifoda(lar);
...
}
Bu yerda 100 dan 0 gacha 5 lik qadam bilan tushiladi.
for(int d = -30; d<=30; d++){
...
ifoda(lar);
...
}
60 marta qaytariladi.
for strukrurasi bilan dasturlarimizda yanada yaqinroq tanishamiz. Endi
1. qismda e'lon qilinadigan o'zgaruvchilarning hususiyati haqida bir og'iz aytib o'taylik. Standartga ko'ra bu qismda e'lon qilingan o'zgaruvchilarning qo'l-
lanilish sohasi faqat o'sha for strukturasi bilan chegaralanadi. Yani bitta blokda joylashgan for struk-turalari mavjud bo'lsa, ular ayni ismli o'zgaruvchilarni qo'llana ololmaydilar. Masalan quyidagi hatodir:
for(int j = 0; j<20 ; j++){...}
...
for(int j = 1; j<10 ; j++){...} //hato!
j o'zgaruvchisi birinchi for da e'lon qilinib bo'lindi. Ikkinchi for da ishlatish mumkin emas. Bu masalani yechish uchun ikki hil yo'l tutish mumkin.
Birinchisi bitta blokda berilgan for larning har birida farqli o'zgaruvchilarni qo'llashdir. Ikkinchi yo'l for lar guruhidan oldin sanovchi vazifasini bajaruvchi bir o'zgaruvchini e'lon qilishdir. Va for larda bu o'zgaruv-
chiga faqat kerakli boshlangich qiymat beriladi halos.
for ning ko'rinishlaridan biri, bo'sh tanali for dir.
for(int i = 0 ; i < 1000 ; i++);
Buning yordamida biz dastur ishlashini sekinlashtirishimiz mumkin.

Yüklə 418 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin