int main() { srand( time(NULL) ); int k; for (k = 1; k<11; k++){ cout << (1 + rand() % 6) << ( (k % 5 == 0) ? endl : " " ); }//end for(k...) return (0); }//end main() Bu yerda amallar siklda bajarilmoqda. rand() % 6 ifodasi masshtablash (scaling) deyiladi. rand() dan qaytuvchi qiymat 0...RAND_MAX orasida bo'lishi mumkin, biz bu qiymatni 6 ga ko'ra modulini olsak, bizda javob sifatida faqat 0, 1, 2, 3, 4 va 5 qiymatlari bo'lishi mumkin. Keyin esa biz bu qiymatlarni siljitamiz, yani 1 raqamini qo'shamiz. Shunda javoblar bizga kerakli oraliqda
yotgan bo'ladi. ?: shart operatori bilan biz har bir raqamdan keyin ekranga nima bosilib chiqishini hal qilyapmiz, bu yoki endl bo'ladi, yoki bo'shliq bo'ladi. Tasodifiy qiymatlar bilan biz keyingi dasturlarimizda hali yana ishlaymiz.
C/C++ dagi enumeration (ketma-ketlik) tipini tanishtirib o'taylik. Enumeration butun sonli konstantalar yig'indi-sidir.Konstantalar qiymati agar boshlangich qiymat beril-
magan bo'lsa, noldan boshlanadi va 1 ga oshib boraveradi, yoki biz qiymatlarni o'zimiz berishimiz mumkin. Masalan:
enum MeningSinifim {AKMAL, TOHIR, NIGORA};
MeninigSinfim SinfA;
SinfA = TOHIR;
SinfA = AKMAL;
Bu yerdagi MeningSinfim qo'llanuvchi tarafidan tuzilgan yangi tipdir.Keyin esa ushbu tipda bo'lgan SinfA o'zgaruv
chisini e'lon qilamiz. Ushbu tipdagi o'zgaruvchi faqat uchta farqli qiymatni qabul qiladi. Bunda AKMAL 0 ga teng, TOHIR 1 ga va NIGORA 2 ga teng bo'ladi. Lekin biz enumeration tipida bo'lgan o'zgaruvchilarga faqat {} qavslar ichida berilgan simvolik ismlarni bera olamiz. Yani to'g'ridan-to'g'ri sonli qiymat bera olmaymiz. Boshqa bir ketma-ketlik:
enum Oylar {YAN = 1, FEV, MAR, APR, MAY, IYUN, IYUL, AVG, SEN, OKT, NOY, DEK};
Bunda qiymatlar birdan boshlanadi va birga ortib boradi. Enumeration
qiymatlari katta harflar bilan yozilsa, dastur ichida ajralib turadi. Va sonli
konstantalardan ko'ra ishlash qulayroqdir.