Galaktikalarning fazoda taqsimlanishini o'rganish ham yulduzlarnmg galaktikada taqsimlanishini o'rganishdagi kabi bolib, osmonning ma'lum uchastkasidagi (aksariyat 1 kvadrat gradusda) galaktikalar soni Nm deganda, shu uchastkadagi yulduz kattaligi т va undan kichik kattalikdagi galaktikalarning soni anglashiladi.
Bu muammo, birinchi marta, 2,5 metrlik reflektorda 1283-uchastkada yulduz kattaliklari 20m gacha obyektlar tushirilgan fotorasmlarni tahlil qilish orqali, E. Xabbl tomonidan 1934-yilda bajarildi. Xabbl shu yo'l bilan 1 kvadrat gradusli maydonga 20m gacha ravshanlikdagi 131 galaktika to'g'ri kelishini aniqladi. Butun osmon sferasiga (u jami 41253 kv. gradusni tashkil qiladi) to'g'ri keladigan galaktikalar soni esa 5,4 • 106 ga teng chiqdi. Dunyodagi eng yirik teleskop yordamida 24 yulduz kattaligigacha obyektlarni (jumladan, galaktikalarni ham) ko'rish mumkinligiga e'tibor qilinsa, unda butun sferada 1,4 milliard galaktikani kuzatish mumkinligi aniqlandi.